Tashkilot rivojlangan sayin xodimning xulqini o'zgartirish zarurati paydo bo'ladi. Tashkilot va uning rahbariyati inson xulqining o'zgarishiga faol ta‘sir etishi mumkin. Buning uchun qo'llaniladigan ta‘sir etish vositalari inson tushgan vaziyatga qarab, uning xulqiga ta‘sir ko'rsatuvchi omillarning butun xilma-xilligini hisobga olgan holda, birinchi galda ehtiyojlar va faoliyat motivlarini, inson o'z tajribasiga tayangan holda tashkilotdagi o'zgaruvchan muhitga mustaqil moslashishi uchun sharoitlar yaratilishini hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Buni nafaqat muayyan shaxsga ta‘sir etish orqali, balki xodimning tashqi muhitini o'zgartirish yordamida hamda shaxs va tashqi muhitga kombinatsion ta‘sir etishni qo'llash orqali amalga oshirish mumkin.