Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Bahoni shakllantirish bo’yicha qaror qabul qilish



Yüklə 182,55 Kb.
səhifə5/10
tarix28.04.2023
ölçüsü182,55 Kb.
#104397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

3. Bahoni shakllantirish bo’yicha qaror qabul qilish


(Maxsus buyurtma qabul qilishga relevantli yondashish)
Aksariyat xo’jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari ko’pincha bozorning o’rtacha bahosidan past, ba’zida esa o’z tannarxidan ham past baholardagi maxsus buyurtmani qabul qilish kerakmi yoki yo’q degan muammoga duch keladi. Bunday buyurtmalar, odatda, ko’p miqdordagi bir xil maxsulotlardan iborat bo’lib, ular ko’tarasiga (masalan, katta konteynerga yoki korobkalarga o’rab joylashtirish) sotiladi. Bunday buyurtmani rahbarlar kutmaganligi sababli, bunday bir martalik buyurtmalar yillik sotish va xarajatlar rejasiga kiritilmagan bo’ladi. Bu buyurtmalar faqat bir martalik, ya’ni aniqrog’i tasodifan sodir bo’lganligi uchun, ular keyingi yillardagi daromad va xarajatlar aniq ma’lumotiga kiritilmaydi. Xo’jalik yurituvchi subyekt ularni faqat ishlab chiqarish quvvati imkon bergandigina qabul qilishi mumkin.
Misol:

  1. Xo’jalik yurituvchi subyekt sport mahsulotlari (buyumlari) ishlab chiqaradi. Xo’jalik yurituvchi subyektga futbol Federatsiyasidan 30 ming dona to’p tikib berishga va bu to’plarni 500 donadan yashiklarga joylab berishga maxsus buyurtma tushdi. Futbol Federatsiyasi har bir to’p uchun 2.45 p.b. to’lamoqchi.

  2. Buxgalter quyidagi ma’lumotlarni tayyorladi:

¨ Ishlab chiqarish (yillik) hajmi - 410 000 to’p; ¨ Ishlab chiqarish hajmi (max) - 450 000 to’p; ¨ Qo’shimcha yana quyidagi ma’lumotlar bor:




Bir dona mahsulot xarajati

so’m (p.b.)

1.

Material sarfi

0.90

2.

Ish haqi

0.60

3.

Umumishlab chiqarish xarajatlari: a) o’zgaruvchani
b) doimiysi

0.50
0.25

4.

O’rash-qadoqlash

0.30

5.

Reklama xarajatlari

0.15

6.

Boshqa tijorat va ma’muriy boshqaruv xarajatlari

0.30




JAMI

3.00


Bir dona to’pning sotish bahosi

4.00


Eshiklarning umumiy xarajati

2500

? X o’jalik yurituvchi subyekt futbol federatsiyasi buyurtmasini qabul qilishi kerakmi, yo’qmi?
Birinchi qarashda bu maxsus buyurtmani qabul qilish kerak emas degan taassurot paydo bo’ladi, chunki bu to’pga taklif qiliniyotgan 2,45 p.b. narx nafaqat korporatsiyaning doimiy narxi (4,00)dan past, u to’pning to’liq tannarxi (3,00) dan ham pastdir.
Lekin bunday xulosa bilan shoshilmaslik lozim. Ikki mumkin bo’lgan variantlar – maxsus buyurtmasiz va maxsus buyurtmani hisobga olgan holdagi variantlarni qiyosiy tahlil qilish zarur bo’ladi.

Yüklə 182,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin