1 Misolda «B» mahsulot ko’proq foyda keltirishi ko’rinib turibdi.
2. Faraz qilaylik, yillik ishlab chiqarish hajmi 1000 mashina-soat bo’lib, bir soatda «A» mahsulotdan 4 dona va «B» mahsulotdan 1 dona ishlab chiqarish mumkin. U holda:
Mahsulot turi
A
B
Bir soatda ishlab chiqiladigan mahsulot soni
4
1
Bir dona mahsulotga to’g’ri kelayotgan marjinal foyda (oldingi jadvaldagi)
6
12
Bir soatga to’g’ri keladigan marjinal foyda
24
12
1000 soatga to’g’ri keladigan marjinal foyda
24 000
12 000
Qaror: Ko’rinib turibdiki, «B» mahsuloti emas, «A» mahsulotni ishlab chiqarishni joriy qilish lozim.
Ishlab chiqarish bo’linmalari rahbariyati ko’pincha u yoki bu mahsulotni o’zi ishlab chiqarish yoki chetdan ayrim qismlarini, yoki barchasini to’liq sotib olish muammosiga duch keladilar. Bu hamma ishlab chiqarish uchun umumiy katta muammodir, chunki bu yig’uv operatsiyalarini bajarishni talab qiladi. “Sotib olish yoki ishlab chiqarish” qarorining asosiy muammosi – bu bunday qarorga relevant barcha xarajat va daromad elementlarini belgilashdan iboratdir.