Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Relevant tushunchasi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga



Yüklə 182,55 Kb.
səhifə4/10
tarix28.04.2023
ölçüsü182,55 Kb.
#104397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

2. Relevant tushunchasi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga

relevantli yondashish


Boshqaruv qarorini ishlab chiqish mavjud muammoni hal etishda mumkin bo’lgan ikki yoki undan ortiq variantlarni taqqoslash va ulardan eng yaxshisini (optimalini) tanlashdan iboratdir. Rahbariyat uchun har bir alternativ variant uchun zarur axborot bilan ta’minlashni boshqaruv hisobi bo’yicha buxgalter bajaradi. Ushbu ma’lumotlar asosida rahbarlar muammoni yechishda amalga oshirsa bo’ladigan variantlarni baholaydilar.
Buni bajarish uchun ular axborotning katta hajmini to’plashi shart emas, aks holda ular qaysi alternativ variant biznesga qanday ta’sir etishini aniqlashi murakkab bo’ladi.
Ko’p dalillar va ma’lumotlar har bir tahlil etilayotgan alternativ variant bo’yicha o’zgarmasligi mumkin.
Masalan, yangi texnologik uskunalar o’rnatilishi natijasida mehnat sarfini qisqartirish taklifi ko’rib chiqilayotgan vaqtda, sotish hajmi o’zgarmaydi.
Yoki boshqacharoq ifoda qiladigan bo’lsak - harakatning uch ehtimol varianti mavjud bo’lsa (masalan, uch xil turdagi uskunalar) va sotish hajmi har bir holda bir xil bo’lganda sotish to’g’risidagi ma’lumotlar mazkur qarorni qabul qilishga ta’sir ko’rsatmaydi.
Undan tashqari, ustiga buxgalter xarajatlarni baholashda o’zgarmaydigan oldingi ma’lumotlardan foydalanadi. Boshqa tomondan, shu vaqtning o’zida oldingi, tarixiy ma’lumotlar bo’lmasada, qabul qilinayotgan qarorlarga sezilarli ta’sir ko’satadigan, xarajatlarni baholash ko’zga tashlanadi.
Relevant xarajatlar va daromadlar – bu alternativ variantlar bo’yicha farq qiluvchi kutilayotgan kelajakdagi xarajat va daromadlardir. Ushbu holatda xarajat va daromadlarni relevantga kiritishning ikkita mezoni ko’rsatilganini ta’kidlab o’tmoqchimiz. Birinchidan, faqat kelajak boshqaruv qarorlariga kiradigan, ikkinchidan, variantlar bo’yicha farq qiluvchi xarajatlar relevant xarajatlarga kirishi mumkin.
Demak, haqiqiy (tarixiy) ma’lumotlar o’zicha relevant bo’la olmaydi, ular qaror ishlab chiqilayotganda hech qanday foyda bermaydi hamda alternativ variantlarni muhokama qilayotganda umuman ko’rib chiqilmasligi ham mumkin. O’tmishni biz endi o’zgartira olmaymiz. Kelajak xarajat turlari va miqdorini prognozlash (bashoratlash) uchun asosiy manba sifatida xarajatlar to’g’risidagi oldingi ma’lumotlar har holda o’ta zarur bo’ladi.


Haqiqiy sodir etilgan xarajatlar va olingan daromadlar relevantli deb qaralmaydi, chunki qanday boshqaruv qarori qabul qilinishidan qat’iy nazar, uning miqdorini endilikda o’zgartirib bo’lmaydi

!
Relevant yondashuv - katta axborot hajmi mavjud bo’lib eng maqbul qarorni ishlab chiqish jarayonini yengillashtiradi va tezlashtiradi hamda boshqaruv qarorini qabul qilish paytida e’tiborni faqat relevant axborotga qaratishga imkon yaratadi.
Quyidagi vaziyatga relevant yondashuvni qo’llashni namoyish qilamiz. Faraz qilaylik, qo’l mehnati sarfini tejash maqsadida ishlab chiqarish liniyasini modernizatsiyalash haqidagi masala hal qilinmoqda. Faqat ikki variant ko’rilmoqda – modernizatsiyalash yoki modernizatsiya qilmaslik.
Quyidagi ma’lumotlar berilgan: modernizatsiyalash xarajatlari 30 ming p.b.ni tashkil qiladi. Loyihadagi sotuv hajmi har qanday variant qabul qilinganda ham o’zgarmaydi va 200 ming p.b. darajasida qoladi, shuningdek, har qanday qaror ham sotish bahosiga ta’sir ko’rsatmaydi (bir donaning sotuv bahosi 10 p.b.) va bir dona mahsulotning me’yoriy to’g’ri materiallar xarajati 5 p.b.ni tashkil qiladi. «Modernizatsiyalash» variantidagi to’g’ri mehnat xarajatlari aniq ma’lumoti mahsulot birligiga 1,8 ni tashkil qiladi. «Modernizatsiyalamaslik» variantida ular mahsulot birligiga 2,0 ni tashkil qiladi.
Yuqoridagi misolda biz bir qancha ko’rsatkichlarni ko’rib chiqdik. Endi faraz qilaylik, kundalik hayotda eng yaxshi qaror tanlash uchun tavsiya etilayotgan alternativ variantlardan ko’proq sonini e’tiborga olish zarur va shunda ma’lum bo’ladiki, faqat relevant axborotni ko’rib chiqish sizning tanlovingizni tezlashtiradi va osonlashtiradi.
Alternativ variantlar bo’yicha xarajat va daromadlardagi farq o’simli xarajat va daromadlar deb ataladi, shuningdek differentsial yoki sof relevantli ham deyiladi. Bizning misolimizda o’simli xarajatlar 10 ming p.b.ni tashkil qiladi.
Rahbarga hisobot tuzishda buxgalter unga faqat relevant axborotni kiritish mumkin, albatta bunda alohida olingan har bir rahbarning didi, talabi va odatlarini unutmasligi darkor. Alternativ loyihalarning xarajat va daromadlar moddalari bo’yicha o’zgarishini taqqoslash uchun foydalanadigan uslub o’simli tahlil deyiladi. Ushbu uslub qo’llanilib tuzilgan hisobot qaror qabul qiluvchiga variantlarni baholashni osonlashtiradi, eng yaxshi variantni tanlashda, hamda tahlil qilishga ketadigan vaqtni qisqartiradi.

Yüklə 182,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin