Sifat - umumiy tushuncha sifatida insonlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan asoslanuvchi mahsulot, material, ish turi, mehnat, xizmatlar va shu kabilarning xususiyatlari hamda xususiy belgilarining majmui bo‘lib, ularni qo‘yilgan talablar va o‘z vazifalariga to‘liq mos kelishi bilan baholanadi. Bunday moslik asosan standartlar, shartnomalar, kelishuvlar, iste‘mol-chilarning talablari bilan aniqlanadi
Mahsulot sifatini tahlilini asosiy maqsadi mahsulotni belgilangan toifalarga yoki darajalarga mosligini baholash bo’lib hisoblanadi. Mahsulotning sifatinini tahlil qilishda sortlilik koeffisenti aniqlanadi. Sortlilik koeffisentini aniqlash uchun reja va haqiqatdagi mahsulotlar hajmini qiymatga o’giramiz.