Bosimni o'lchash asbob
uskunalari. O'zi
yozadigan manometrlar.
Elektrik vakummetr
Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va
ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga
ko'ra bosimni va
siyraklanishni
o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi:
barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan; manometrlar -
ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; differensial manometrlar -
bosimlar farqini o'lchash uchun vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash
uchun mo'ljallangan;
manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan
bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan.
Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim,
siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash
uchun mo'ljallangan asboblar naporomerlar,
tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi.
Ishlash usuliga ko'ra bosimni
o'lchash uchun mo'ljallangan
asboblar to'rt guruhga bo'linadi:
1.
Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan
bosimsuyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan
muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati
aniqlanadi.
2.
Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o'lcha- nayotgan bosim turli
konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki ularda hosil
bo'ladigan kuch qiymati
bilan aniqlanadi.
3.
Yuk porshenli manometrlar,
ulardao'lchanayotgan bosim
porshen massasi yoki
qo'shimcha yuklar hosil
qiladigan bosim bilan
muvozanatlashadi.
4.
Elektrik manometrlarning
ishlashi ma'lum
materiallarning ularga tashqi
bosim ta'sir etganda elektrik
xususiyatlarining o'zgarishiga
asoslangan.
SUYUQLIKLI MANOMETRLAR
Suyuqlikli manometrlar tuzilishining oddiyligi va yuqori
aniqlikda o'lchashi bilan ajralib turadi. Ularning ishlashi ishchi
suyuqlik sifatida qo'llaniladigan simob, suv, transformator moyi
yoki spirt ustuni hosil qilgan tashqi bosim bilan
muvozanatlashishga asoslangan.
U simon manometr
U shaklida buklangan shisha trubkadan iborat bo'lib, shisha trubka ishchi suyuqlik bilan
sathi ikkala trubkada ham bir xil balandlikka ega bo'ladi (ya'ni daraja ko'rsatkichining 0
belgisida bo'ladi). Shisha trubkaning bir uchi bosimi P o'lchanishi kerak bo'lgan muhitga
ulanadi, ikkinchi uchi esa atmosfera bilan tutashadi. Ko'rsatish darajasi bo'yicha hisob
bajariladi.
U simon manometrlarning yuqori o'lchash chegarasi 10 kPa gacha bo'lib, o'lchash xatoligi
2 % dan oshmaydi. U simon manometrlar siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun ham qo'llaniladi. Har bir
o'lchashda ikki marta (ikki shkalada) hisob olib borilishi ularning kamchiligi
hisoblanadi. Yuqoridagi kamchilik ikki xil turli diametrli idishdan iborat kosali
manometrlarda qisman bartaraf etiladi
DEFORMATSION
(PRUJINALI)
MANOMETRLAR
Deformatsion (prujinali) manometrlarning ishlashi moddaning
о
'lchanayotgan bosimi bilan sezgir elementlar deformatsiyalanishi
(egilishi) natijasida hosil bo'lgan kuch bilan muvozanatlashishiga
asoslangan. Chiziqli, burchak ko'rinishidagi deformatsiyalar asbobning
ko'rsatuvchi yoki qayd etuvchi qismiga uzatiladi. Shu bilan bir qatorda bu
o'zgarish masofaga uzatish uchun elektrik yoki pnevmatik signalga
aylantirilishi mumkin.
Bu manometrlarda sezgir element sifatida bir va ko'p o'ramli prujinalar,
egiluvchan membranalar va silfonlardan foydalaniladi
01
Silfonli manometrlarnmg ishlash usuli
o'lchanayotgan bosimning ko'ndalangiga
gofrirlangan yupqa devorli silindrik sig'im
ko'rinishida tayyorlangan sezgir elementning egilish
deformatsiyasi natijasida hosil bo'lgan kuch bilan
muvozanatlanishiga asoslangan (41h,i rasm).
Silfonlar chinni, bronzadan yoki zanglamaydigan
chidamli po'latdan tayyorlanadi. Silfon devorining
qalinligi 0,1...0.3 mm oralig'ida bo'ladi, diametri esa
8 dan 150 mm gacha o'zgaradi. Amalda chiziqli
elastiklik xarakteristikasiga ega. Silfonning
qattiqligini oshirish uchun uning ichki qismiga vintli
prujina joylashtiriladi
02
Yuk-porshenli manometrlarning
ishlash usuli bosimni kalibrlangan
yuklar bilan muvozanatlanishiga
asoslangan. Ular yuqori bosimlarni
(1000 MPa gacha) o'lchash uchun
hamda namunaviy va nazorat
asboblari sifatida ishlatiladi (aniqlik
toifasi 0,02; 0,05; 0,2). Porshenli
manometrlar texnik o'lchovlarda
kam ishlatiladi.
03
Elektr manometrlar asosan yuqori
chastotali o'ta yuqori va pulsatsiyali
bosimlarni o'lchashda qo'llaniladi.
Elektr manometrlarning ishlash
usuli sezgir elementning bosim
ta'sirida elektrik
xarakteristikalarining o'zgarishiga
asoslangan bo'ladi.
Quyidagi turlarga
bo'linadi:
1.
P’ezoelektrik manometrlar.
2.
Induksion manometrlar.
3.
Tenzometrik manometrlar.
4.
Qarshilikli manometrlar.
5.
Sig'imli manometrlar.
6.
Induktiv manometrlar.
P’ezoelektrik manometrlarda turli xil kristall dielektrik
materiallarning deformatsiyalanishi natijasida ularning
yuzasida elektr zaryadlari hosil bo'lishi (pezoelektrik
effekt hodisasi) dan foydalaniladi. Bunday dielektriklar
sifatida kvars, turmalin, bariy-titanatlar qo'llaniladi. Bu
manometrlarning berilgan ta'sirni juda tezlik bilan
sezishi ularning afzalligi hisoblanadi.
Induksion manometrlarda sezgir elementning egilishi
natijasida hosil bo'ladigan bosim induksion o'zgartgich
yordamida ikkilamchi asbobga uzatiladigan elektr
signalga aylantiriladi.
Elektr
manometrlarni ng
yana bir turi
Elektr manometrlarning yana bir turi -
qarshilikning o'zgarishi hisobiga
bosimni o'lchashda qo'llaniladigan
tenzodatchiklardir. Tenzometrning
ishlash usuli kuch yoki unga
proporsional bo'lgan deformatsiyani
deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim
qarshiligining o'zgarishiga aylantirishdan iborat.
Tenzodatchik - diametri 0,02...0,05 mm bo'lgan manganin
simdan tayyorlanib, sim bir-biriga yopishgan yupqa qog'oz
orasiga sirtmoq shaklida joylashtiriladi. Simning uchlariga
chiqish klemmalari ulanadi. Tenzometrning sezgir elementi
elastik element yuzasiga yopishtirilib, bosim ta'sirida
elastik element deformatsiyalanganda, manganin sim
cho'ziladi va qarshiligi o'zgaradi. Tenzodatchik elektr
ko'prik sxemasiga qarshilikni o'lchash uchun ulanadi.
Ko'prikning shkalasi esa bosim birliklarida darajalanadi.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Страница
ресурсов
https://www.elib.buxdu.uz
Dostları ilə paylaş: |