6. Eksperimental usul. Bu usul o’simliklardagi ma’lum shakl va tuzilishlarining sababini, ularning tabiatini va kelib chiqishini to’g’ri aniqlab, tushuntirib beradi. Masalan, suv bug’lari bilan to’yingan atmosferada zirk va tikandaraxt (gledichiya) degan o’simliklar o’stirilsa, zirkning tikani bargga, tikandaraxtning tikani novdaga aylanadi. Bu, tikanning morfologik jihatdan har xil manbadan kelib chiqishini ko’rsatadi.
7. Evolyusion yoki filogenetik usul.Bu usul evolyusion taraqqiyot jarayonida o’simlik guruhlari yoki ayrim turlarning paydo bo’lishini hamda ulardagi morfologik shakl tuzilishidagi organlarning rivojlanish tarixini o’rganadi. Evolyusion va filogenetik usul asosan solishtirma morfologik va fitopoleontologik (paleobotanika) izlanishlarga asoslangan holda tekshirish olib boradi va o’simlik ontogenezini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan usullarning hammasi ham o’zicha mustaqil ahamiyatga ega bo’la olmaydi, albatta. Shu sababli har bir usul yuzasidan olingan ma’lumotlar bir-biri bilan taqqoslanilishi yaxshi natija beradi.
Savollar: Nima uchun botanika fanining otasi Teofrast deb hisoblanadi ?
XV-XX asrlarda botanikaning qaysi sohalari rivojlantirildi?
Markaziy Osiyo tabiatshunoslari Beruniy, Forobiy, bobur va boshqalarning o’simliklar dunyosiga bo’lgan munosabatlari qanday?
O’zbekistonda botanika fanini rivojlanishida Milliy universitet, botanika institut olimlarining qo’shgan xissalari
Hozirgi davrda botanika fanning oldida turgan vazifalar.
O’simliklar dunyosi qanday ikki yirik guruhlarga ajratiladi va ularning farqlari nimada?