Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan xalqlar ko‘p. O‘zbekiston shunday davlatlardan



Yüklə 24,04 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü24,04 Kb.
#167122
1   2   3
Boy madaniy merosi

Umumiy Majlis


Tashkilotga aʼzo davlatlarning vakillaridan tashkil topgan Umumiy Majlis, 1946-1953-yillar orasida har-yil oʻtkazilgan boʻlib, 1954-yildan eʼtiboran iki-yilda bir marotaba oʻtkazilmoqda. Tashkilotning tashkil qilinishidan bugungacha jami 26 Umumiy Majlis boʻlib oʻtgan.
Majlis, Tashkilotning eng muhim organi boʻlib, boshqaruv aʼzolarini va Bosh Direktorni tanlab, UNESCOning ishlash rejalarini qabul qiladi va byudjetni aniqlaydi.

Boshqaruv

Umumiy Boshqaruv Haqida


UNESCO Boshqaruvining, Umumiy Majlisga qoʻshilgan va hukumatlarning nomzod boʻlgan vakillari, 58 azodan tashkil topadi.
UNESCO Boshqaruv aʼzolarining saylovi, 4-yilda 1 marotaba oʻtkaziladi.

UNESCOning Oʻzbekistondagi Boshqaruv aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • Bosh Prezident: prof. Rustam Qosimov

  • Prezident oʻrinbosari: Dr. Vladimir Norov

  • Bosh Kotib: Alisher Ikramov

  • Bosh Kotib oʻrinbosari: Saidafzal Mallakhanov

Kotiblik


UNESCO umumiy majlisda olti-yil uchun saylangan bosh prezidentning qoʻl ostida ishlayotgan UNESCO Kotibligi taʼlim, bilim, madaniyat va aloqa boʻlimlariga ayrilgan. Kotiblikning bosh vazifasi, UNESCOning ikki yillik rejalarini amalga oshirishdan iborat.
Hozirda UNESCOga aʼzo davlatlarning soni 191dan iborat.
Madaniy meros jamiyat asosini, xalqlarning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Shu bois ushbu bebaho boylikni ko‘z qorachig‘idek avaylab asrash va keng targ‘ib qilish har bir insonning muqaddas burchidir.
Bugungi kunda O'zbekistonda moddiy va nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda O‘zbekistondagi 4 ta me’moriy majmua – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga esa Boysun madaniy makoni, Shashmaqom mumtoz musiqasi, Katta ashula, Askiya san’ati, Navro‘z, Palov madaniyati va an’analari, Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: adras va atlas tikish, Xorazm raqsi – Lazgi kabilardan iborat 8 ta ob’ekt kiritilgan.
O‘zbekiston 1993 yildan buyon YUNESKOga a’zo bo‘lgan. Shu paytga qadar mamlakat sohaga taalluqli barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qo‘shilish choralarini ko‘rib, ularning normalarini milliy qonunchilikka joriy qilib kelmoqda.
O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Muzeylar to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat tamadduni rivojida muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar xarobalari, monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgohlari, me’morchilik merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘rganishda davlatimiz tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Qayd etish joiz, so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududidagi noyob madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros ob’ektlarini asrashga doir xalqaro anjumanlar uyushtirilmoqda.
Hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan 8 mingdan ortiq madaniy meros ob’ekti bo‘lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor maskanlardir. Muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilmoqda.
Samarqanddagi Shohi Zinda, Registon, Bibixonim, Ruhobod, Amir Temur maqbarasi, Buxorodagi Kalon masjidi va minorasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz va Bolo Hovuz majmualari hamda boshqa ko‘plab qadimgi, o‘rta asrlardagi me’morchilik durdonalari o'zbek xalqining yuksak ijodkorlik mahorati namunasidir.
Yüklə 24,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin