Boymetova gulzodaning



Yüklə 337,16 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2023
ölçüsü337,16 Kb.
#89119
1   2   3   4   5
Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlari

O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zgor ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama ya’ni ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi. Bog‘cha bolalari biron o‘yin, ta’lim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar, ular harakatlarining asosida ma’lum motivlar, ya’ni ularni harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning xattiharakatlari ko‘proq shu xatti-harakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham yetmaydilar. Shuning uchun ko‘pincha o‘zlariga mutlaqo hisobot bermay ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira boshlaydilar.

Bog‘cha yoshidagi bolada mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo‘lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o‘ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o‘yin bilan bog‘liqligidir. O‘yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi. Shu bilan birga o‘zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko‘ra mehnat va o‘yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo‘yiladi, uni amalga oshirish, natijaga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda mehnat singari biror aniq natijaga eriilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag‘ishlaydi, ular o‘zlarida qonoqish hissini sezadilar. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o‘z-o‘ziga xizmatdir.


Yüklə 337,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin