Boymetova gulzodaning



Yüklə 337,16 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2023
ölçüsü337,16 Kb.
#89119
1   2   3   4   5
Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlari

Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o‘rgatishda ko‘pincha o‘yin vaziyatlaridan foydalaniladi. Avvaliga bolalar o‘yin obrazi orqali mehnatga o‘rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o‘rganadilar. Asta-sekin bu yoshdagi bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikma, malakalari shakllanib boradi.

Mehnat faoliyatining bola ruhiy rivojlanishiga ta’siri Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Faoliyat turlarining o‘zi ijtimoiy-tarixiy tajribaning bo‘lagidir. U yoki bu faoliyatni o‘zlashtirayotib bola faollik ko‘rsatadi, shu bilan bir vaqtda shu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni egallab oladi. Buning asosida bolada har xil shaxsiy qobiliyat va xususiyatlar shakllanib boradi. Ta’lim va tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida asta-sekin egallab boradilar.

Inson hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bola bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridayoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi.bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. Bu vaqtda munosabatning o‘zi narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatga aylanib qoladi. Bolaning narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatini tashkil etish bolaga dastlabki yoshidan boshlab oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya va ta’lim berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday faoliyatlarda bolalar tarbiyachi rahbarligida narsa va buyumlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarni, ular bilan bo‘ladigan harakatlar, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash kabi eng oddiy jarayonlarni egallab oladilar.


Yüklə 337,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin