Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Birinchi usul 
– bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuvdir. 


265 
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini 
sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab 
chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub‘ekti – 
uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda uning tashqarisida chet elliklar sotib 
olishi mumkin.
YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo’yicha yondoshuv 
17.4-jadval 
Milliy mahsulot hajmini sarflar 
summasi bo’yicha hisoblash 
Milliy mahsulot
hajmini daromadlar summasi 
bo’yicha
hisoblash 
1.Uy 
xo‘jaliklarining iste‘molchilik 
sarflari 

1. Daromad olish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan sarf va to‘lovlar 
a) amortizatsiya, b) egri soliqlar 

2.Tadbirkorlarning investitsion sarflari 

2. Ish haqi 

3.Tovar va xizmatlarning davlat xarid 

3. Renta to‘lovlari 

4.Chet elliklar sarflari 

4. Foiz 

5.Notijorat muassasalari sarflari 

5. Foyda 
6. Moddiy aylanma vositalar zahirasidagi 
o‘zgarishlar 
YaMM (YaIM) 
YaMM (YaIM) 
 
Uy xo’jaliklarining iste’molchilik sarflari, 
bu kundalik tovarlarga, 
xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlariga va boshqa shu 
kabilarga qilinadigan sarflardir. 
Investitsion sarflar 
tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga 
qiladigan sarflardir. 
Invectitsioncarflar 
asosan uchta qismdan iborat: a)tadbirkorlar 
tomonidan mashina, uskuna va jihozlarning barcha xaridi; b)barcha qurilishlar; v) za-
hiralarningo‘zgarishi. 


266 
YaIM tarkibiga, ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha 
mahsulotlar zahiralarining ko‘payishi kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o‘z 
ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini 
oladi. Zahiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi 
sifatida qo‘shiladi. 
Zahiralar kamayganda, u YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning 
kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq 
mahsulot sotilganini bildiradi. Boshqacha aytganda, jamiyat mazkur yilda ishlab 
chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan 
zahiralarning bir qismini iste‘mol qilgan bo‘ladi. 
Milliy hisoblar tizimida YaIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki 
investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos 
ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni 
bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida 
iste‘mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun 
mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda 
kapital qo‘yilmalar hajmigahar qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi 
investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplash 
summasidan va invetitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa 
tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida 
qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Ikki 
ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq, joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilgan va 
iste‘mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi. 
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o‘rtasidagi nisbat, iqtisodiyot yuksalish, 
turg‘unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkich 
(indikator) hisoblanadi. 
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq bo‘lsa, iqtisodiyot yuksalish 
bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o‘sadi.
Turg‘un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng bo‘lgan 
vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YaIMni ishlab chiqarish 


267 
jarayonida iste‘mol qilingan vositalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda 
asosiy kapital ishlab chiqarilishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof
investitsiyalar taxminan nolga teng bo‘ladi, ishlab chiqarish quvvatlari 
kengaymaydi. 
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga nisbatan kam bo‘lsa, ya‘ni iqtisodiyotda 
ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq iste‘mol qilinsa, iqtisodiyotda 
investitsiyalarning qisqarishi ro‘y beradi. Bu yil oxirida asosiy kapital hajmi yil 
boshida mavjud bo‘lgandan kam bo‘lib qolishga olib keladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin