Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


YaIMni sotib olishga qilingan sarflar = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

YaIMni sotib olishga qilingan sarflar = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan 
YaIM hisobidan olingan pul daromadlari. 
Mahsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo‘lsa, bu mazkur mahsulotni 
ishlab chiqarishga o‘zining ishchi kuchi va moddiy resurslarini bozorda sotishga 
qo‘yganlari uchun daromad hisoblanadi.
 
YaIM uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog‘liq 
bo‘lmagan sarflar amortizatsiya va egri soliqlar summasini aks ettiradi. 
Amortizatsiya ajratmasi ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati tarkibiga ishlab 
chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib 
keladi va undan iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qayta tiklash, ya‘ni yangi 
investitsion tovarlar sotib olish va amal qilib turganlarini kapital ta‘mirlash uchun 
foydalaniladi.
Egri soliqlar ya‘ni aksiz to‘lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk 
solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlari ishlab chiqarish xarajatlari sifatida 
chiqmasada, mahsulot narxiga ustama bo‘lib,uni oshiradi. 
Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan 
ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. Daromadlar ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari 
va nafaqa ta‘minotininghar xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa 
ko‘plab har xil qo‘shimchalar, mukofot hamda imtiyozlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Bu qo‘shimcha daromadlar ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatning 
bir qicmi sifatida chiqadi va shu sababli ish haqiga umumiy sarflarning tarkibiy 
qismi sifatida qaraladi. 
Uchinchi usul 
– bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha 
yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan 
qiymatlar hisoblab chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). 


269 
Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotni 
yaratishdagi ulushini aniqlash imkonini beradi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin