Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Yalpi taklifga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Yalpi taklifga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar: 


277 
1. Resurslar narxining o’zgarishi. 
Resurslar narxi - tayyor mahsulot 
narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar 
o‘zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning 
ko‘payishiga, ularining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. 
Resurslar taklifining ko‘payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birli-
giga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi 
natijaga olib keladi.
Er resurslari 
yangi yerlarning ochilishi, sug‘orish, yangi texnik 
takomillashuvlar tufayli ko‘payishi mumkin. Yer resurslari taklifining ko‘payishi 
yerga bo‘lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga 
to‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi.
Mehnat resurslari. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi ishchi va 
xizmatchilarga to‘langan haqidan tarkib topadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay 
qolganda, ish haqining o‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar 
darajasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Mavjud ishchi kuchi (mehnat) resurslarining 
ko‘payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga 
olib keladi. 
Kapital. 
Agar jamiyat asosiy kapital zahirasini o‘stirib borsa, yalpi taklif 
o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Agar jamiyat o‘z daromadining asosiy qismini tejab, 
uni investitsion tovarlar sotib olishga yo‘naltirsa, yalpi taklif o‘sadi. Agar 
mamlakatda asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi 
taklif qisqaradi. 
Tadbirkorlik layoqati. 
Vaqt o‘tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni 
ko‘payadi va bu yalpi taklifning ko‘payishiga olib kelishi muqarrar. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin