278
erishadi. Aksincha, chet el valyutalarining so‘mga nisbatan narxlari oshgan
taqdirda, import resurslari narxlari ko‘tariladi. Natijada bu resurslarning importi
kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi.
Bozordagi hukmronlik.
Resurslarni yetkazib beruvchilarning bozordagi
hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga
ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik bu - narxlarni raqobat mavjud
bo‘lgan sharoitdagidan ancha yuqori o‘rnatish imkoniyatidir.
Unumdorlik -
bu
milliy ishlab chiqarish real hajmining foydalanilgan resurs miqdoriga nisbati,
boshqacha aytganda, xarajat birligiga ishlab chiqarishning real hajmi
ko‘rsatkichidir.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko‘proq miqdorda
mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini
takomillashtirish, ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo‘llash kabi
omillarning o‘zaro ta‘siri unumdorlikning o‘sishi va yalpi taklifning oshishiga olib
keladi.
Mahsulot birligiga harajatlar kamayganda unumdorlikning oshishi yalpi
taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning kamayishi natijasida mahsulot
birligiga harajatlarning ko‘payishi yalpi taklifning qisqarishiga olib keladi.
Huquqiy normalarning o’zgarishi.
Korxonalar o‘z faoliyatida amal
qiladigan huquqiy normalarning o‘zgarishi, mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan
xarajatlarni va yalpi taklifni o‘zgartirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: