279
Korxonalardan olinadigan soliqlarning ko‘payishi
mahsulot birligiga
xarajatlarni ko‘paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq
yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni
oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish usullarining o‘zgarishi ham ko‘p hollarda
mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni
o‘zgartiradi.
3.
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatlik hamda uning
o’zgarishi
Makroiqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda
mavjud resurslar va ulardan foydalanish o‘rtasida, ishlab chiqarish va iste‘mol
hajmi,
moddiy va moliyaviy oqimlar, jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasida
mutanosiblikni taqoza etadi .
Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan hisoblanadi, bu yalpi talab
va yalpi taklif muvozanati buzilib turishiga sabab bo‘ladi.
Yalpi talab va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta narxning
muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmini
ko‘rsatadi.
18.3-chizma. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati
280
Yalpi talab o‘zgarmay
qolganda, yalpi taklifning o‘zgarishi iqtisodiyotda
ikkita har xil oqibatlarga olib keladi.
Birinchidan,
yalpi taklifning qisqarishi narx darajasining o‘sishini taqozo
qilib, inflyatsiyaga olib keladi.
Ikkinchidan,
milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx
darajasining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini yotiq kesmada kesib
o‘tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining
shakllanishiga hech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq foydalaniladi,
shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi, ya‘ni
uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o‘zgarishsiz qoladi. Oraliq
kesmada yalpi talabning kengayishi milliy ishlab
chiqarish real hajmining
ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi.
Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real
hajmi kamayadi, narx darajasi esa o‘zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx
tushganda, milliy ishlab chiqarishning real hajmi to‘liq bandlik darajasida qoladi.
Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi
qisqaradi va narx darajasi
pasayadi. Ayni paytda oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarish vaziyatni
murakkablashtiruvchi omillar ta‘sirida birdaniga narxning pasayishiga olib
kelmasligi mumkin. Ya‘ni tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega
bo‘lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilga xrapovikli samara
sifatida qaraydi.(xrapovik-bu mexanizm bo‘lib g‘ildirakni orqaga emas oldinga
xarakat qilishga yordam beradi). Xrapovik
samarasi shunga asoslanadiki, narx
osonlik bilan oshadi, lekin qiyinchilik bilan pasayadi. Shu sababli yalpi talabning
oshishi narx darajasini ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida
narxning tushishini kutish mumkin emas. Narx
pasayishi tamoyiliga ega
bo‘lmasligining ayrim sabablari mavjud. Birinchidan, ish haqi korxona umumiy
xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) tashkil qilib, qandaydir davr ichida
pasayishi tamoyiliga ega bulmaydi. Chunki ishchilarning
asosiy qismi shartnoma
281
bo‘yicha ishlaydi va uning muddati tugaguncha ish haqini pasaytirish ta‘qiqlanadi.
Boshqa tomondan, tadbirkorlar ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasligi
mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan ancha past ish haqi ishchilarning
mehnat unumdorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga ancha past
ish haqi maxsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, ancha past mehnat
unumdorligi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror
kilsa, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishi mumkin.
Narxning pasayish
tamoyiliga ega emasligining keyingi sababi juda ko‘pchilik korxonalar etarli
darajada monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab kamayganda xam
narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: