Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

“daromad jamg’arma investitsiya”
zanjirida namoyon bo‘ladi, 
daromadlar o‘sishi jamg‘armaning o‘sishini rag‘batlantiradi hamda investittsiyaga 
aylanib, ishlab chiqarish hajmi va bandlikni oshiradi. Natijada daromadning 
umumiy miqdori yana ortadi va bu jamg‘armani kupaytiradi va h.k. 
Agar bozor tartibga solish mexanizmiga ega bo‘lsa, davlat iqtisodiyotiga 
aralashmaslik siyosatini qo‘llab iqtisodiy faollikka ta‘sir ko‘rsatishdan o‘zini 
saqlaydi. 


283 

Klassiklar fikricha, iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq bandligi 
sharoitida faoliyat qiladi. Shu sababli ishlab chiqarish hajmi o‘zining potentsial 
darajasiga teng keladi; 

Narx, foiz stavkasi va ish haqi moslashuvchan bo‘lib, ularning o‘zgarishi 
bozor muvozanatini saqlab turadi; 

Ishlab chiqarish omillari miqdori sekin o‘zgarishi sababli, to‘liq bandlik 
sharoitida yalpi taklif real ishlab chiqarish hajmini, yalpi talab esa narx darajasini 
belgilaydi. 
2.
 
Keynscha model 
Klassik modelda aks etgan iqtisodiy voqelik bir asr o‘tib ―Buyuk 
depressiya‖ davrida sinovdan o‘tmadi va yangi paydo bo‘lgan omillar ta‘sirini 
nazariy umumlashtirishni taqozo etdi. Bu bozordagi jarayonlarni narxsiz 
mexanizmlar bilan tushuntirishni zarur qilib qo‘ydi.
Bu vazifa iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan Dj. M. 
Keyns tomonidan hal qilindi. Uning nazariyasi makro darajadagi tahlil zarurligini 
tasdiqladi va XX asrning 30-yillaridan iqtisodiyot nazariyasining rasmiy mikro va 
makroiqtisodga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. 
Dj.M. Keyns birinchi bo‘lib bozor iqtisodiyotining o‘z- o‘zini tartibga 
solishiga layoqatliligi to‘g‘risidagi xukmron qarashdan voz kechib, makrodarajada 
uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini asosladi. 
U o‘z-o‘zini tartibga solish dastagi hisoblangan narx, ish haqi va foiz 
stavkasi egiluvchanligini inkor etdi. Shu sababli, Keyns talabni rag‘batlantirishga 
yo‘naltirilgan faol makroiqtisodiy siyosat zarurligi to‘g‘risidagi qarashida qattiq 
turdi. U ishlab chiqarish va bandlikning o‘zgarishi taklif omillariga emas, balki 
yalpi talabga bog‘liqligini isbotladi. Keyns fikricha, yalpi sarflar tarkibiy 
qismlaridan har biri, asosan iste‘mol va investitsiyalar o‘z-o‘zicha o‘zgarib turishi 
mumkin. 
Bandlikning ortishi milliy daromad (MD) o‘sishiga olib keladi va u 
iste‘molni belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. MD hajmi qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, yalpi talab ham shunchalik katta bo‘lishi zarur. Biroq iste‘molga sarflar 


284 
daromadlar o‘sgan darajaga mos ravishda ko‘paymaydi. Buning sababi Keyns 
fikricha, ―asosiy psixologik qonun‖ hisoblanib daromadlar o‘sib borishi bilan 
iste‘molga moyillik pasayadi va daromadning jamg‘armaga yo‘naltiriladigan qismi 
ulushi nisbatan ko‘proq ortadi. Natijada MD hajmi qanchalik katta bo‘lsa 
iste‘molchi real talabi nisbatan shunchalik kam bo‘ladi. 
Aynan u ishlab chiqarish hajmi va shu orqali bandlik darajasiga ta‘sir 
ko‘rsatadi. Iste‘molchilik sarflaridagi ―yetishmovchilik‖ investitsiyalar bilan 
qoplanishi zarur. Biroq Keyns qarashicha jamg‘armaning o‘sishi o‘z-o‘zidan 
investitsiyalar ko‘payishiga olib kelmaydi. Investitsiyalar o‘sishiga 1) kapital 
unumdorligi kamayib borish qonuni amal qilishi tufayli kutilayotgan foyda 
normasi pasayishi va 2) foiz normasiga bevosita bog‘liq yuqori likvidlikning 
(zaxirada naqd pulga ega bo‘lishiga intilish) afzal ko‘rilishi to‘siq bo‘ladi. 
Keyns narxning kam xarakatchanligi dalilini hisobga olib uning o‘rniga 
―sotish hajmi‖ ko‘rsatkichini ilgari suradi. 
Bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanatli hajmi shakllanish mexanizmini 
yangicha tasavvur qilish imkonini beradi. MD hajmining har qanday o‘sishi ishlab 
chiqarish va shu orqali yalpi taklif hajmi ortishining natijasi hisoblanadi.
Yalpi talab chizig‘ining boshlanish nuqtasi ―nol‖ belgisidan yuqoriroq 
joylashadiki, iste‘molning ayrim eng muhim turlarini kishilar hatto daromadi eng 
kam darajada bo‘lganda ham amalga oshiradi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin