287
(ijtimoiy dasturlar, transfert to‘lovlari qisqartiriladi),
soliq stavkalari oshiriladi,
foiz stavkasi ko‘tariladi.
Davlat sarflarining kamayishi aholi sotib olish layoqatining pasayishiga olib
kelsa, soliq va foiz stavkasining ortishi investittsion faollikni pasaytiradi. Bular
pirovard natijada yalpi talabni qiskartiradi, muvozanatli nuqtani ―pastga‖ surib,
inflyattsion farqni bartaraf qiladi.
3. Muvozanatli monetaristik model
XX asr 70-yillarida bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi inflyatsiya va
iqtisodiy o‘sish sur‘atlari pasayishining asosiy sababi deb e‘tirof etiladi. Bu xulosa
Fridmenga tegishlidir. Uning nazariyasidagi asosiy g‘oya: xo‘jalik hayotiga ta‘sir
ko‘rsatuvchi muhim dastak pul hisoblanadi, barcha iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlari
pul massasi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
M.Fridmen erkin bozor g‘oyasiga tayanadi, narxning
stixiyali mexanizmga
aralashmaslik zarurligini qayd qiladi. Uning makroiqtisodiy monetaristik modelida
stagflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy tadbir sifatida pul massasi o‘sishini cheklash
g‘oyasi ilgari suriladi.
Fridmen birinchi o‘ringa ―ushlab turish siyosati‖ni qo‘yadi, ya‘ni
daromadlar o‘sishini maqsadga muvofiq cheklash, o‘z-o‘zidan yalpi talab miqdori
kamayshini va inflyatsiya pasayshini keltirib chiqaradi. Yalpi talabning kamayishi-
bu ishchi kuchiga talabning ham qisqarishini anglatadi.
Fridmen inflyatsiyaning pasayishini ―ushlab turish‖ siyosatining asosiy natijasi
deb hisoblaydi, uni ―erkinlashtirish siyosati‖ bilan almashtirish zarurligini qayd qiladi.
Monetaristik model asoslangan asosiy dalillar quyidagilar:
1.
Bozor iqtisodiyoti barqarorlikka, ya‘ni, o‘zini-o‘zi
tartibga solishga
intiladi. Nomutanosiblikning vujudga kelishi odatda davlat tomonidan tartibga
solishning natijasi hisoblanadi.
2.
Muvozanatlik buzilganda narxlar uni to‘g‘rilashni ta‘minlovchi asosiy
dastak hisoblanadi. Pul taklifning ortishi mahsulotlar narxi o‘sishiga olib keladi, lekin
288
u bir tekis ro‘y bermaydi. Talab dastlab arzon tovarlarga,
keyin yangi tovarlarga,
oxirida xizmatlarga qaratiladi.
3.
Pul dastaklari orqali tartibga solishning bosh maqsadi iqtisodiy
barqarorlikni ta‘minlashga erishishdir. Biroq bunda muomaladagi pul miqdorida
narxlarning o‘sishiga mos ravishda unchalik katta bo‘lmagan ko‘payishi ro‘y bersa,
tovar miqdori va pul massasi o‘rtasida muvozanatlik vujudga keladi.
4.
Pulning harakati va YaMM o‘sishi sur‘ati o‘rtasida muqarrar uzviy
bog‘liqlik mavjud bo‘ladi: pul massasi ko‘payishi bilan narxlar o‘sishi ro‘y beradi,
bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantiradi.
5.
Tartibga solish uzoq muddatli vazifalarga yo‘naltirilishi zarur. Chunki pul
massasidagi tebranishlar oqibati asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda
birdaniga emas
balki, birmuncha vaqt o‘tgandan keyin aks etadi.
Keyns daromadlarning sarflarga, Fridmen esa uning pul taklifiga miqdoriy
bog‘liqligini asoslaydi.
Fridmen shunday xulosaga keladi: davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga
aralashuvi darajasi pul taklifining nazoratiga tayanish zarur. Monetar nazariya
Markaziy bankning pul massasi o‘sish sur‘atini doimiy
ushlab turish qoidasiga
so‘zsiz amal qilishi zarurligini qayd qiladi. Bu o‘sish me‘yoridagi inflyatsiyani
(2.5dan 8%gacha) ushlab turish uchun yetarlicha past bo‘lishi zarur. Biroq, u
mazkur chegaradan pasayib ketmasligi lozim, chunki aks holda ishlab
chiqarishning qisqarishi ro‘y beradi.
Mazkur kontseptsiya XX asrning 80-yillarida ko‘plab
rivojlangan
mamlakatlar, xususan AQSh va Angliyada qo‘llanila boshlandi. Natijada
inflyatsiya sur‘ati sezilarli darajada qisqardi. Ayni vaqtda ijtimoiy dasturlarga
sarflarning sezilarli qisqarishi aholi bir qismining iqtisodiy farovonligi pasayishida
o‘zining salbiy natijasini topadi. Biroq byudjet taqchiligi muammosi hal qilinmadi.
G‘arb mamlakatlari uchun keyingi davrlarda nafaqat inflyatsiya balki bandlik,
iqtisodiy rivojlanish sur‘ati va daromadlar tengsizligi ham asosiy muammo bo‘lib
qoldi.
289
Hozirgi davrda
turli davlatlarda klassiklar, keynschilar va monetaristlar
yonodashuvlarini uyg‘unlashtirib, tartibga solishning yetarlicha har xil
dastaklaridan foydalanildi. Shu sababli iqtisodiy modellar hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmining ilmiy
asoslarini tashqil qilishi
tushunarli holdir.
Dostları ilə paylaş: