Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

unumli, shaxsiy
va 
ijtimoiy iste’mol
farqlanadi.
Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, iqtisodiy 
resurslari, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol 
qilinishini, ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda 
iste‘mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to‘liq iste‘mol qilinadi.
Ayni vaqtda individual yoki jamoa iste‘moli tushunchalari ham farqlanadi. 
Alohida oila yoki uning a‘zolari ixtiyorida bo‘lgan iqtisodiy ne‘matlarni iste‘mol 
qilish individual iste‘molga, jamiyat a‘zolarining birgalikda tovar va xizmatlardan 
foydalanishi ijtimoiy iste‘molni anglatadi.
Unumli iste‘mol iqtisodiy resurslarga sarf-xarajatlar qilish orqali, ijtimoiy 
iste‘mol ijtimoiy sohalarni davlat tomonidan moliyalashtirish yo‘li bilan ro‘yobga 
chiqariladi. 
Uning shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo‘liga kelib tushadigan qismi 
iste‘molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. 
Iste’molchilik sarflari –
bu aholi joriy daromadlarining iste‘mol ne‘matlari 
va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismidir. Iste‘molchilik sarflari mamlakatning 
iqtisodiy taraqqiyot darajasiga bog‘liq bo‘lib, unga xududiy demografik omillar, 


291 
aholining yosh va jins tarkibi, urf 
-
odat va an‘analari, tabiiy-iqlim sharoitlari 
kabilar ta‘sir ko‘rsatadi. 
Daromadlarning iste‘mol sarflaridan qolgan qismidan turli majburiy 
to‘lovlar chegirib tashlangandan keyin jamg‘arma maqsadlarida foydalaniladi.
Jamg’arma
– bu uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi joriy daromadlarining foizli 
daromad olish va kelajakdagi iste‘molini qondirish maqsadida to‘planib 
(jamg‘arilib) boriladigan qismidir. 
Jamg’armani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlar 

foiz shaklida daromad olish; 

uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho iste‘mol tovarlari (uy-joylar, 
avtomashina va boshqa zebu-ziynat buyumlari) sotib olish; 

kasallik, ishsizlik va baxtsiz hodisalar kabi oldindan bilib bo‘lmaydigan 
holatlardan iqtisodiy himoyalanish; 

qarilik davrini moddiy ta‘minlash; 

farzandlarining kelajagini ta‘minlash; 

kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarni 
qondirish. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin