Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

4.
 
Yalpi talab va yalpi taklif modellari 
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligidan kelib chiqib uning turli xil 
yondashuvlar asos qilib olingan uchta modeli ajratiladi. 
1.
 
Klassik model. 
Bu modelning ―klassik‖ deb nomlanishiga sabab shuki uning asosi klassik 
iqtisodiy maktab vakillari A. Smit, D. Rikardo, Dj. St Mill va J.B. Sey tomonidan 
ishlab chiqilgan. Ular muvozanatlik modelini faqat qisqa muddatli davrda qarab 
chiqadi va qarashlarini quyidagilar bilan izohlaydi. 

Talab hajmi har doim amalga oshiriladigan taklif hajmiga teng keladi. 
Uning asosida J.B. Seyning ―bozor qonuni‖ yotadi, ya‘ni tovarlar taklifi o‘zining 
xususiy talabini vujudga keltiradi yoki boshqacha aytganda, mahsulotning ishlab 
chiqarilgan hajmi barcha yaratilgan tovarlar qiymatiga teng daromadlarni (ularni 
to‘liq sotish uchun etarlicha bo‘lgan) avtomatik ravishda ta‘minlaydi. 
Sey fikricha, ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi 
o‘z tovarlarini o‘zida ishlab chiqarilmaydigan boshqa tovarlarni harid qilish uchun 
sotadi. Shunday ekan, u faqat sotilgan hajmdagi tovarlarni miqdorini harid qilishi 
mumkin. Shu sababli, talab har doim taklif hajmiga teng keladi. Bunday model 
uchta shartni taqozo qiladi: 
-
olingan daromad to‘liq sarflanadi: 


282 
-
faqat o‘z pul mablag‘lari sarflanadi: 
-
jamiyat bir vaqtda ham iste‘molchi hisoblangan ishlab chiqaruvchilardan 
iborat bo‘ladi. 
Biroq amalda har qanday iqtisodiyotda olingan daromadning qandaydir 
qismi uning egasi tomonidan sarflanmaydi va jamg‘arma shaklini oladi. Bu yalpi 
talab hajmi va bandlikning tegishlicha qisqarishiga olib keldi. ―Daromad -xarajat‖ 
oqimidan mablag‘lar bir qismining olib qo‘yilishi iste‘molning qisqarishiga va 
demak yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi mavjud muvozanatlik buzilishiga olib 
keladi. 
Shu sababli, klassik maktab vakillari to‘liq bandlik sharoitida daromad va 
xarajatlar tengligini avtomatik ravishda ta‘minlaydigan umum iqtisodiy 
muvozanatlikning etarlicha asosli nazariyasini ishlab chiqdi. Klassiklar fikricha, 
moslashuvchan miqdorlar hisoblangan foiz stavkasi, ish haqi, narx darajasi kapital, 
ish kuchi, pul bozorida talab va taklif muvozanatligini ta‘minlaydi. Muomaladagi 
pul massasining ortishi esa tovar va xizmatlar real oqimida hech narsani 
o‘zgartirmaydi, faqat miqdorlar nominal qiymati o‘zgarishiga ta‘sir ko‘rsatadi. 
Agar pul foiz keltirsa daromadlarning bir qismi likvidli (tez sarflanuvchi) 
shaklda saqlanmasdan qimmatli qog‘ozlarga yoki bank tizimiga jamg‘arma sifatida 
joylashtiriladi. Foiz olish maqsadida qo‘yilgan pul odatda investitsiyalar manbai 
hisoblanadi. Agar jamg‘armalar investitsiya qilinmasa, yalpi talab va yalpi takliflar 
o‘rtasidagi muvozanatlik buzilmaydi. 
Klassik 
modelning 
asosiy 
qoidalaridan 
ko‘rinib turibdiki, bozor 
iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizm

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin