274
mavjud darajasida sotib olish mumkin bo‘lgan yangi ishlab
chiqarish vositalariga
investitsiyalarning kamayishi yalpi talabning kamayishiga, teskari holda uning
ko‘payishiga olib keladi. Foiz stavkasi va foyda. Investitsion sarflarni o‘zgartirish
mumkin bo‘lgan narxdan tashqari omillarni hisoblanadi.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay
qolganda,
foiz stavkasining
oshishi,
investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi.
Mamlakatdagi pul massasining o‘zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o‘zgarishi
ro‘y beradi. Pul massasining ko‘payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali
kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘paytiradi. Aksincha, pul massasining kamayishi foiz
stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga olib keladi.
Kapital qo‘yilmalardan
yuqori
foyda olishning
kutilishi investitsion tovar-
larga
talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investitsion loyihalardan foyda olish
noaniq bo‘lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo‘ladi, demak,
yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar
.
Korxonadan
olinadigan
soliqlarning
ko‘payishi kapital
qo‘yilmalardan olinadigan
foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar
va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha,
soliqlarning qisqarishi
bunday foydani va investitsion sarflarni ko‘paytiradi.
Texnologiya
. Yangi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va
shu orqali yalpi talabni rag‘batlantirish tamoyiliga ega bo‘ladi.
Ortiqcha quvvatlar
.
Ortiqcha quvvatlar, ya‘ni mavjud foydalanilmaydigan
asosiy kapitalning ko‘payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada
yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq
foydalanilganda
tadbirkorlar ko‘proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo‘ladi, demak
investitsion sarflari ko‘payadi.
Dostları ilə paylaş: