474
O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo‘jalik aloqalarida
ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli
respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida ko‘plab
davlatlar bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq
davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko‘pgina xalqaro tashkilotlar - BMT
iqtisodiy muassasalari, jahon banki, xalqaro bank, xalqaro valyuta fondi, xalqaro
moliya korporatsiyasi, iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuvchi tashkilot kabi
boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a‘zo bo‘lib kirdi. Respublika
a‘zo bo‘lib kirgan dastlabki ittifoq - Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (1991 yil
tuzilgan) hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda Turkiya, Eron va
Pokiston tomonidan tuzilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) dir.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish talablaridan kelib chiqib,
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan barcha muassasalar
(tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar
xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Dunyoning bir qancha
mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham
sezilarli darajada rivojlandi.
Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo‘nalish bo‘yicha:
MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan
erkin muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi.
2016 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasining 34,8 foizi MDH
mamlakatlari, 65,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xorijiy
mamlakatlarga mahsulot eksportining asosiy qismi (63,7) uzoq chet el davlatlari
hissasiga to‘g‘ri kelgan
90
.
Dostları ilə paylaş: