II. Kapital harakati hisobi 7. Kapital kirishi
8. Kapital chiqishi
Kapital harakati balansi qoldig‘i
Joriy operatsiyalar va kapital harakat balansi qoldig‘i
III. Rasmiy zaxiralarning o’zgarishi Mamlakatning tashqi to‘lov balansi mazkur davlatning chet ellik sheriklari
bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarining holatini ifodalab, uning kredit-pul,
valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini
tartibga solishi uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy operatsiyalar hisobi o‘z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi
bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof
transfertlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi farq savdo balansini
tashkil qiladi.
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari
zahiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan)
mamlakatdagi chet el valyutalari zahirasini qisqartiradi.
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli
xizmatlardan olinadigan daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‘yilgan milliy pul
kapitali hisobiga kirib keladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital mazkur
mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda foiz va dividentlarning ko‘proq
hajmini keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda
esa salbiy bo‘ladi.
486
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larning boshqa mamlakatlarga
o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a, chet elga pul o‘tkazishlar yoki
chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to‘lovlar mamlakatda
mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i quyidagicha
ifodalanadi.
X
-
M
=
X
N
=
U
-
(s+1+G)
eksport
import
sof
eksport
YaIM
Absorbatsiya
Absorbatsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy
xo‘jaliklari, korxonalar va davlatga sotiladigan qismi.
Importga to‘lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha bo‘lsa, bu
mamlakatning joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu
taqchillik chet el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga
sotish yo‘li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo‘lsa joriy
operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro
bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar,
ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar
sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.
Chet el aktivlarini sotish ularning zahiralarini ko‘paytiradi, ularni sotib olish
esa kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega
bo‘ladi.
487
To‘lov balansining taqchilligi Markaziy bank (MB) rasmiy zaxiralarini
qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari
quyidagilar:
chet el valyutalari;
oltin;