Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
3.
 
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari 
Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga 
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va 
subsidiyalar oqimi, fan-texnika ayriboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan 
bog‘liq iqtisodiy munosabatlar-xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U 
pulning 
xalqaro to’lov munosabatida amal qilish 
jarayonida vujudga keladi. 
Valyuta
-bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so‘m, dollar, funt sterling va h.k.). 
Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta tizimiga ega bo‘ladi. Bunda milliy va 
xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. 
Milliy valyuta tizimi
-valyuta 
munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda 
tashkil qilinish shaklini ifodalaydi.
Xalqaro valyuta tizimi-xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo 
bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. 
Uning 
tarkibiy elementlari 
quyidagilar hisoblanadi: asosiy xalqaro to‘lov 
vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari-SDR, Evro), valyuta kurs-
larini belgilash va ushlab turish mexanizmi, xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tar-
tibi, valyutaning qaytaruvchanlik sharoiti, xalqaro valyuta bozori va oltin bozori 
tartibi, valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi. 
Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida 
uchta bosqichdan 
o‘tdi va 
ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o‘ziga xos 
turlari mos keladi. 
Birinchi bosqich 
1879-1934 yillar davrini o‘z ichiga olib, bunda 
oltin standart sifatidagi pul tizimi ustunlikka ega bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi oxiri 
(1944 y.) dan 1971 yilgacha oltin – devizli (Breton-Vuds tizimi deb nomlanuvchi) 
tizim ustunlikka ega bo‘lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga 
asoslangan. Hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil 
topgan bo‘lib, bu tizim 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin