Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Valyuta kursi va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
4. Valyuta kursi va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar 
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta 
kursi hisoblanadi. 
Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat 
valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi. Uning nominal va real kursi 


490 
farqlanadi.
 
 
30.1-chizma

Valyutalar ayriboshlash
Funt sterling taklifi 250 milliarddan 300 milliardgacha ko‘paysa, ayriboshlash 
kursi 1 funt sterlingga 1,18 dollardan 1,0 dollargacha pasayadi. Buning oqibatida: 

amerikaliklar uchun Angliya tovarlari nisbatan arzonlashadi; 

Angliya eksportining ko‘payishi funt sterlingga talabni oshiradi. 
Valyuta kurslariga bevosita ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin: 


491 

milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi; 

milliy iste‘molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi 
inflyatsiya darajasi; 

valyutalarga talab va taklifga ta‘sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati; 

mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi; 

valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k. 
Valyuta kurslarining tebranishini tushuntirishga, xarid qilish layoqatining 
paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi 
yordam beradi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun, ikki 
mamlakat iste‘molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. 
Masalan, agar O‘zbekistonda bunday «savat», aytaylik 2500 ming so‘m, AQShda 
esa 1000 dol. tursa, 2500 mingni mingga bo‘lib, 1 dol. ning narxini hosil qilamiz, 
bu 2500 so‘mga teng. Agar O‘zbekistonda muomaladagi pul massasining 
ko‘payishi oqibatida, tovarlar narxi ikki marta oshsa, barcha sharoitlar teng bo‘l-
ganda dollarning so‘mga ayriboshlash kursi ikki marta oshadi. Valyuta kursi 
tebranishi valyuta bozorida juda ko‘p omillar ta‘sirida shakllanadi. Bu omillarni 
shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin: uzoq, qisqa, o‘rta muddatli. 
a) uzoq muddatli omillar: mamlakat iqtisodiyotining umumiy holati, mehnat 
unumdorligi darajasi, YaMM o‘sish sur‘ati, pul tizimi;
b) o‘rta muddatli omillar: to‘lov balansi holati, byudjet taqchilligi darajasi, 
kapital qo‘yilmalar holati, inflyatsiya sur‘ati, pul-kredit emissiyasi, real foiz 
stavkalari, valyutaga bo‘lgan ishonch, davlat iqtisodiyotini tartibga solish siyosati 
va boshqa shu kabilar. 
v) qisqa muddatli omillarga bozorda kutilayotgan o‘zgarishlar, milliy va 
xalqaro miqyosda iste‘molchilarning didi va daromadlarining o‘zgarishi, yirik 
banklar, valyuta dillerlarining ijtimoiy fikri va boshqa shu kabilar kiradi. 
Valyuta kursining har qanday tebranishi ikki xil oqibatga olib keladi: 
Eksportni yoki importni afzal qilib qo‘yadi. Bunda eksport foyda yoki zarar 
keltirishi, import tovarlari qimmatlashishi yoki arzonlashishi mumkin. Eksport-


492 
import ko‘lamiga qarab mamlakat iqtisodiyotining valyuta kursiga bog‘lanishi 
kuchayadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin