mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda, ichki
bozorda chet el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan
kamayadi va uning ayriboshlash kursi nisbatan o‘sib milliy iqtisodiyotga inqirozli
ta‘sir ko‘rsatadi.
Aksincha, to‘lov balansining aktiv qoldig‘i MB rasmiy valyuta
zaxiralarining o‘sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el valyutalari
taklifini kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayriboshl
ash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
MB tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi
rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar deyiladi. Rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar
natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zahiralar
miqdorining o‘zgarishi «nol»ni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo‘yicha taqchillikni
bartaraf qilishni kechiktirishi va o‘zining rasmiy valyuta extiyojlarini to‘liq
sarflashi natijasida to‘lov balansi inqirozi kelib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni
to‘lash holatida bo‘lmaganligi sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud
bo‘lmaydi.
Iqtisodiyot sub‘ektlarining davlat va MB siyosatiga ishonchsizligi to‘lov
balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlani-
shining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni
rag‘batlantiradi. Bu MB ning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini olishga
qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta ehtiyotlari
bir vaqtda to‘lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el valyutalariga
488
o‘sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo‘lmay qoladi.
Bunday holda valyutalarning, «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi.