478
To’lov ittifoqi
- milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda
yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor
- bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga
oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan
birga kapital va ishchi
kuchining erkin harakati ta‘minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi
- iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli
bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha shakllari
iqtisodiy va valyuta-
moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.
Muhokama uchun savollar
1.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos xususiyati
nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodga ta‘siri qanday?
2.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga
asoslanadi? Ularni turkumlashga hozirgi davrda yondashuvlarga asoslanib
davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsating.
3.
Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi?
Unda tabiiy
sharoitdagi tafovutlar qanday rol o‘ynaydi?
4.
Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta‘sir
ko‘rsatuvchi omillar tavsifini bering.
5.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo‘ladi?
Ularning asosiy shakllarini sanab ko‘rsating.
6.
Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ular har
birining ahamiyatini ko‘rsating.
7.
Xalqaro mehnat taqsimotini mutloq va qiyosiy ustunlik nazariyasidan
foydalanib tahlil qiling. Qiyosiy ishlab chiqarish xarajatlari nima?
8.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga
solishni nima zarur qilib
qo‘yadi?
9.
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini
ko‘rsating.
Dostları ilə paylaş: