Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. 
Mulk ob‘ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklar, tabiiy 
boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati – ishchi kuchi 
va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob‘ektida asosiy bo‘g‘in – bu ishlab chiqarish 
vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, 
ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. 
Amaliy hayotda ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan 
qo‘shilishi turli darajada amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub‘ektlari 
vujudga keladi. 
Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega 
bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar 
ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga 
birlashgan bo’ladi.
Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub‘ekti 
bo‘lib chiqadi. 
Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o‘zlashtiruvchi 
sub‘ektlar ham turli darajada bo‘ladi. Masalan, davlat mulkining bevosita 
sub‘ektlari respublika hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va 
muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a‘zolari bo‘lishi mumkin. 


57 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: «Bozor munosabatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil 
shakllardagi mulk tashkil etadi»
9
– deb ta‘kidlanadi. 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk o‘z ichiga davlat mulkidan 
tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa 
mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy 
tomorqa xo‘jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
shaxsiy mulkni, aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. 
Mulk davlatga tegishli bo‘lganda unga egalik qilish, foydalanish va tasarruf 
qilish davlat ixtiyorida bo‘ladi. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi: 
-
Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish. 
-
Davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona 
va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 
O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki respublika 
mulkidan va ma‘muriy-hududiy (munitsipal)tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari mol-mulki, 
davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zahirasi, 
valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi
10
.
Ma‘muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati 
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy 
fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, ta‘lim, 
madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki o‘z o‘rniga bo‘ladi. 
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar 
tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni 
bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab 
korxona qurishi, aktsiya chiqarib ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ladi. 
9
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. –Т.: «Ўзбекистон», 2012 й. – 11-бет. 
10
Ўзбекистон Республикаси Фуқоролик Кодекси. 


58 
Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, bunda ishlab chiqarish vositalari va 
natijalariga ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladi. 
Jamoa mulkiga – kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, 
aktsionerlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa va boshqa 
tashkilotlarning mulki kiradi. 
Kooperativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning 
natijalarini 
o‘zlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Ishlab chiqarish 
vositalaridan foydalanish va ularni o‘zlashtirish mulk egasi bo‘lmish mehnat 
jamoasi doirasida amalga oshiriladi, hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy 
manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi. 
Kooperativlar qishloq xo‘jaligida, sanoat, qurilish, transportda, savdo va 
umumiy ovqatlanish, pulli xizmatlar sohasida hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-
madaniy hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat ko‘r-
satish sohalarida barpo etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin. 
Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini yaxshiroq 
qondirish maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan 
chiqarilib turli xil matlubot kooperattsiyalari vujudga keladi. Matlubot koopera-
tsiyasining mulki mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi.
Matlubot kooperatsiyalari mustaqil yoki turli korxona, tashkilot va muassasalar 
qoshida tashkil qilinishi mumkin.
Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo‘lib, shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini 
qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila 
a‘zolarining mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi. 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda 
ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga 
vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan 
keladigan dividend, bank foizlari va boshqa daromadlar kabi yangi manbalarga 
asoslanadi. 
Shaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport 
vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka 


59 
tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, 
ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, savdo, 
umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a‘zolarining mulki 
bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob‘ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, 
daromad topish yo‘lida ishlatilishi ham mumkin. 
Xususiy mulk – ayrim tadbirkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan 
va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. «Xususiy mulk boshqa mulk shakllari 
kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir»
11

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida, xususiy mulk o‘z mol-mulkiga 
xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir 
deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va 
qiymati cheklanmasligi ta‘kidlanadi. 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va 
salbiy tomonlariga ega. U so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga 
mas‘uliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab 
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Bu 
mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish 
yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, savdo va umumiy ovqatlanish 
korxonalari va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 
Xususiy mulk shakli bir necha ming yillardan buyon hozirgacha saqlanib 
kelgan. Shu bilan birga bu davr davomida xususiy mulk mazmunida tubdan 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Uning o‘zgarishiga xususiy mulkchilikni ro‘yobga 
chiqarish usullari sabab bo‘ldi. Xususiy mulkchilik mehnatga majbur qilish yo‘li 
bilan ro‘yobga chiqarilsa, u quldorlik yoki feodal xarakter kasb etadi: ro‘yobga 
chiqarish mulkdorning o‘z mehnati yordamida amalga oshirilsa, mayda tovar 
ishlab chiqarishi uchun xarakterli bo‘lgan mehnat qilib topilgan xususiy mulk 
paydo bo‘ladi; nihoyat, xususiy mulk yollanma ishchilar tomonidan harakatga 
keltirilsa, kapitalistik xususiy mulki paydo bo‘ladi. 
11
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси –Т.: «Ўзбекистон»,2012 й. – 11-бет. 


60 
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xususiy mulkni 
shakllantirish manbalari ham ko‘rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, 
yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo‘yilgan mablag‘lar, qimmatli 
qog‘ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo‘lga kiritish 
kabilar ana shunday manbalar bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda qishloq 
xo‘jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda yer ham xususiy mulk ob‘ekti bo‘lishi 
mumkin. Shu sababli Respublika qonun hujjatlariga muvofiq savdo, xizmat 
ko‘rsatish sohasi ob‘ektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga tanlov 
asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur yer uchastkalariga xususiy mulk 
huquqining hamma me‘yorlari taalluqli bo‘lib, ular sotilishi, vasiyat qilib 
qoldirilishi yoki ijaraga berilishi mumkin. Biroq erning boshqa toifalari, jumladan, 
umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va davlat zahirasiga 
kiritilgan yerlar davlatning alohida mulk ob‘ektlaridir va shu sababli ular 
fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan uzoq muddatga foydalanishga 
berilishi mumkin. 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo 
bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida 
o‘zlashtirilishini bildiradi. 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mulkchilikning turli xil 
shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni 
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘liq 
foydalanish, tashabbuskorlik va sog‘lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay 
muhit yaratishga qaratilgandir. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin