Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

4.
 
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish 
maqsadi, yo’llari va usullari 
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va 
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan 
iborat.


61 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda 
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning 
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng 
tushuncha. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan 
tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga 
keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat 
korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni 
jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatiga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) 
bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish 
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga 
sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi 
savdosi orqali sotish va h.k. 
Bu yo‘llardan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, 
Rossiyada Davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi. 
Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida 
cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini 
vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, 
xususiylashtirish 
tanlab 
olingan 
ozchilik 
o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar 
xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, 
davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarishda boshqa usullardan foydalanishni rad etmaydi, 
aksincha, ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga 
ustunlik berilib, davlat mulkini aktsiyalashtirish, bu aktsiyalarni sotib olishda shu 
jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham o‘z o‘rniga 
ega bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli, 
pulsiz yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan 
qat’iy nazar bu 
tadbir xilma-xil mulkchilik shakllarini vujudga keltirishni
ta‘minlaydi, chunki 
davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi. 


62 
Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda 
olib borilishini ko‘zda tutadi. 
Davlat mulkchiligidan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara va 
aktsionerlik munosabatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum 
talablarga rioya qilingan holda olib borilishi u mehnat jamoalarining iqtisodiy 
manfaatiga, davlat manfaatlariga putur etkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar 
manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning 
hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e‘tirof etildi va davlat 
mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p 
ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. O‘zbekistonda mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondoshuvning muhim 
xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 
1992–1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu 
bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy 
sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Engil, mahalliy sanoatga, transport va 
qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik 
sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq 
turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat 
ixtiyorida saqlab qolindi. 
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiyotning samarasiz 
bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan 
ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan ta‘minlash 
vazifalarini o‘z zimmasiga oldi. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik 
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni 
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar 
tizimi vujudga keltirildi. 


63 
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari 
xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari 
davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 
95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. 
Davlat dasturida belgilab berilgan 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin