Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

ikkinchi bosqich
1994–1995-yillarga 
to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik 
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aktsiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar 
bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulkining hissadorlikka aylantirilishi bilan 
bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida 
ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov 
asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas 
mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan 
samara ikki yoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan 
mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi 
tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda 
shuni ta‘kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli 
bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida 
yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil 
kooperativlar, shirkatlar, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik 
va o‘rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. 
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishning 
uchinchi bosqichiga
kirdi. Bu bosqich 
yakunlovchi xarakterga ega bo‘lib, bu davrda xususiylashtirilmaydigan ob‘ektlar 
ro‘yxatiga kirmagan barcha ob‘ekt va korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. 
Respublikada 
xususiylashtirishning 
manzilli 
yo‘naltirilganligi uning 
navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda 
aniqroq va natijaliroq qatnashish imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli 


64 
yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, 
aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil 
dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi 
xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 
O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim 
xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘ektlarni 
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf 
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan 
asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashning 
moliyaviy 
manbalari 
paydo 
bo‘ladi, 
bozor 
infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy 
muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. 
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi
12

Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular 
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar 
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy 
infrastruktura ob‘ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, 
fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, 
hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. 
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari 
quyidagilar: 
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan 
islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 
v) xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlashda qonunlarga 
rioya etiladi. 
12
И.А.Каримов Ўзбекистон, иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.: «Ўзбекистон», 1995. 51 
бет. 


65 
Respublikamizda 
xususiylashtirish 
jarayonining 
hozirgi 
bosqichdagi 
yo‘nalishlari islohotlarni chuqurlashtirish talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu 
avvalo, kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qarati-
lishi zarur. Kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi 
ichki mahsulotini shakllanti-rishda asosiy bo‘g‘in, balki aholi bandligi va 
daromadlari manbaining, milliy farovonlikka erishishining muhim omili ham 
bo‘lishi darkor. 
Hozirgi davrda xususiylashtirishdagi an‘anaviy yo‘nalish davlat ro‘yxatiga 
kirmagan korxona va ob‘ektlarni bu jarayonga jalb qilish ham o‘z o‘rniga ega 
bo‘lib qolaveradi. Yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarini keng aholi qatlami, shu 
jumladan chet el kapitali ishtirokini ta‘minlaydigan ochiq turdagi jamiyatlarga 
aylantirish xususiylashtirishdagi navbatdagi yo‘nalishdir. 
Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori 
bozor sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashini inkor qilmaydi. Chunki 
iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham 
mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban 
moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab 
qilinadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin