Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


V BOB. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

V BOB. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI 
 
1.
 
Ijtimoiy xo’jalik shakllari va ularning rivojlanishi. 
2.
 
Tovar va uning xususiyatlari. 
3.
 
Qiymatning turli xil nazariyalari. 
4.
 
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari. 
 
1.
 
Ijtimoiy xo’jalik shakllari va ularning rivojlanishi 
Ijtimoiy xo’jalik
– insoniyat jamiyati taraqqiyotining alohida uzoq davrlari 
davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to‘liq ifodalab qoladigan, barqaror 
umumiy belgilariga ega bo‘lgan va rivojlanishida ma‘lum bir qonuniyatlarga 
asoslangan xo‘jalik yuritishning turlaridir. 
Ijtimoiy xo‘jalikning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish bo‘lgan, 
bunda mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z iste‘molini qondirish uchun, ichki 
xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Natural xo‘jalikning asosiy belgilari bu: 
-
 
Mehnat taqsimoti rivojlanmaganligi; 
-
 
Ishlab chiqarish biqiq xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchilarning o‘z 
ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysundirilganligi; 
-
 
Ishlab chiqarish bilan iste‘mol o‘zaro mos kelib, bevosita xo‘jalik ichida 
bir-biri bilan bog‘langanligi; 
-
 
Mehnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo‘lganligi; 
-
 
Ishchi kuchining harakatchanligi cheklanganligi. 
Bunday xo‘jaliklar ibtidoiy jamoa tizimida hukm surgan.
Hozirgi kunda ham er yuzining ayrim hududlarida (Urugvay, Gvineya) 
hamda shaxsiy yordamchi va tomorqa xo‘jaliklarda natural xo‘jalik belgilari 
saqlanib qolgan. 
Natural xo‘jalikning rivojlanishi natijasida tovar ishlab chiqarish paydo 
bo‘lgan. Tovar xo‘jaligi ibtidoiy jamoa tizimi ixtisoslashuvi davrida, bundan 
taxminan 7-8 ming yil oldin qaror topa boshlagan.


68 
Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda 
tovar yoki xizmat o‘zining iste‘moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun 
yaratiladi.
Tovar ayriboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqur-
lashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va 
rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayriboshlashga, o‘tish yo‘li bi-
lan borgan. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni
ayriboshlashni zarur qilib qo‘yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining 
oshishiga olib keladi, demak tovar ayriboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali 
bo‘lib boradi.
Tovar xo‘jaligining belgisi bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir. 
Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tarixida uchta bosqich ajratiladi: 
1bosqich - dehqonchilikdan chorvachilik ajralgan, ular o‘rtasida doimiy 
mahsulot ayriboshlash uchun shart – sharoit vujudga kelgan. 
2 bosqich - dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib tovar ishlab chiqarish 
vujudga kela boshlagan. 
3 bosqich - ishlab chiqarishdan savdo-sotiq alohidalashgan, sudxo‘rlar 
qatlami shakllana boshlagan.
Tovar ishlab chiqarishning ikkinchi belgisi – ishlab chiqaruvchilarning 
mulkdor sifatida iqtisodiy alohidalashgan bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jihatdan 
bir-biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o‘z mehnat natijalarini 
o‘zlari tasarruf qiladilar. 
Mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga asoslanadi.
Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik printsipi bo‘yicha, ya‘ni 
mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan 
aniqlanadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro aloqalarning 
kuchayishi natijasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi ro‘y beradi. Kooperatsiya – 


69 
bu kishilarning o‘zaro bog‘liq bir yoki bir nechta mehnat jarayonida birla-
shishining tashkiliy shaklidir. 
Tovar xo‘jaligining rivojlanishi sharoitida uning yiriklashish tamoyillari 
kuzatiladi. Bu ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi bo‘lib, u korxonalarda 
iqtisodiy resurslarning to‘planishi ya‘ni resurs ko‘lamining mustahkamlanishini 
anglatadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi ko‘pincha uning 
integratsiyasiga olib keladi. Bu bir korxona doirasida mahsulotni tayyorlash 
bo‘yicha operatsiyalar barcha tsiklning to‘planishidir. 
Nihoyat, tovar xo‘jaligining muhim belgisi erkin ayriboshlash hisoblanadi. 
Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik erkin 
ayriboshlash va xo‘jalik sub‘ektlari faoliyatining eng samarali yo‘nalishini 
ko‘rsatib beradigan erkin narxlarning shakllanishiga yordam beradi.
Shunday qilib tovar xo‘jaligining belgilari sifatida qo‘yidagilar chiqadi: 
ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjud bo‘lishi; ishlab chiqaruvchilarning mulk 
egasi sifatida bir-biridan alohidalashuvi; mahsulotlarning bozor uchun erkin 
ayriboshlash maqsadida ishlab chiqarilishi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin