Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Naflilikni kamayib 
borish qonuni
5.1-chizma. Keyingi naflilikning kamayib borish qonuni 
Tovarlar qiymatining miqdori iqtisodiy resurslar sarfi va unumdorligiga 
qarab o‘zgaradi. Unumdorlilikning o‘zgarishi tovar birligi qiymatining 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Unumdorlik ortsa, tovar birligining qiymati kamayadi 
yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. 
Tovar birligining qiymatiga barcha iqtisodiy resurslar safi ham shunday ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy resurslar unumdorligiga bir qancha omillar ta‘sir qiladi. Bu omillar 
mehnat qurollarining rivojlanish darajasi va samaradorligi, ishchining malakasi 


71 
hamda kasb ko‘nikmasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish 
darajasi, ishlab chiqarishning to‘planuv qo‘lami, tabiiy sharoitlardir.
3.
 
Qiymatning turli xil nazariyalari
Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga 
javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar 
bo‘lib kelgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash 
ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy 
zaruriy mehnat sarflari bilan, ya‘ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. 
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me‘yori rolini o‘ynaydi. 
Bu me‘yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari 
zarur. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e‘tirof etilmaydi. 
Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun 
zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. 
Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus 
tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich 
negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, 
murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida 
namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda 
individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, ob‘ektiv qiymat qonunini 
mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab 
chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat 
sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda 
tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va 
iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha 
taqsimlanishini tartibga solib turadi.


72 
Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bular: tovar 
ishlab 
chiqaruvchilarni 
tartibga 
solish; 
mehnat 
unumdorligi 
o‘sishini 
rag‘batlantirish; ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan 
tabaqalashtirish. 
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida 
bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq 
qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif, 
bo‘lsa
narx = qiymat 
Talab > taklif,
bo‘lsa
narx > qiymat
Talab < taklif,
bo‘lsa
narx < qiymat
Shunday qilib, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari fikricha tovarlar 
narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan 
sodir bo‘lmay, balki ob‘ektiv qiymat qonunining kuchi ta‘siri ostida ro‘y beradi.
Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular fikricha 
xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan iqtisodchisi F. Galiani 
(1728 – 1787) nazariy tasavvuricha eng yuqori naflilikka ega bo‘lgan tovarlar 
masalan, oziq – ovqat mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi 
zarur. Biroq klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday o‘zaro bog‘liqlik 
haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi ―Smit paradoksi‖ nomini 
olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga bog‘liq bo‘lsa, nima uchun 
normal sharoitda eng yuqori nafli samaraga ega bo‘lgan ne‘matlar (non, suv, sut) 
inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda 
past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U. Djevons, A. 
Marshall, K. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. Valras) mazkur 
muammoning nazariy echimini keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi tushunchasini 
kiritish orqali topishga harakat qiladi. Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar 
qiymati aniq olingan inson uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi. 


73 
Bunda gap foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki ne‘matning 
qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi. 
Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan 
sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi natijasida emas, balki 
mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, 
―faqat tovarning nafliligi,‖ ―mehnat sarflariga‖ ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan 
xarakter berishi mumkin.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki 
turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a) tug‘ma naflilik, ya‘ni ne‘mat-
larning kishilar biron-bir ehtiyojlarni qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu 
ne‘mat mazkur nusxasi foydaliligining sub‘ektiv bahosini bildiradi. Bu sub‘ektiv 
baho ikki omilga bog‘liq; mazkur ne‘matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan 
ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. 
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari sub‘ektiv 
foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan foydalanadi (nemis 
iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan 
«to‘yinganlik darajasi» o‘sadi, aniq qo‘shilgan miqdor nafliligi esa tushadi 
(«zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi 
qo‘shimcha ne‘mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘lishini 
bildiradi, ne‘matlar zahirasi cheklangan bo‘lganda esa uning «zaruriy ehtiyojini» 
qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, mazkur turdagi ne‘mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi 
nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi. 
Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har birligi qadr – qiymati shunchalik 
kam bo‘ladi. Ne‘matning umumiy iqtisodiy qadr qiymati uning qo‘shilgan miqdori 
nafliligi va umumiy miqdorning ko‘paytmasiga teng keladi. Qandaydir ne‘mat 
birligining, qadr qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. 
Keyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab chiqarish 
xarajatlari esa taklif narxidir. Agar, qaysidir tovar bozorida uning taklifi talabdan 


74 
ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan 
ortishi tovar narxini yuqoriga ko‘taradi, taqchillik ne‘matlar kamyobligini 
kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi. 
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur 
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qo‘shilgan miqdor nafliligi 
nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat 
naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi 
nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish harajatlari nazariyasi bilan 
bog‘lashga harakat qildi. 
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan 
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish harajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) 
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir 
negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall 
ishlari bilan bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida 
mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall 
nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham 
taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro 
ta‘siri orqali aniqlanadi. 
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor 
nafliligi va ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, 
A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib 
topishdan chekinish ro‘y beradi va funktsional tahlilga, ya‘ni bir vaqtda narx va 
talab – takliflarning o‘zaro ta‘sirini aniqlashga o‘tildi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin