Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Tayanch tushunchalar 
Tovar 
– biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayriboshlash uchun 
yaratilgan mahsulotdir. 
Natural ishlab chiqarish
– bunda mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z 
ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallanadi. 
Tovar ishlab chiqarish 
– bunda tovarlar o‘zining iste‘moli uchun emas, balki 
bozorda sotish, ayriboshlash uchun va boshqalarning iste‘molini qondirish 
maqsadida ishlab chiqariladi. 
Naflilik
– tovarlarning kishilarning biron-bir iste‘molini qondirish layoqati. 
Almashuv qiymati
– bu biror turdagi tovarning boshqa turdagi tovarga 
ayribosh qilinadigan miqdoriy nisbat. 
Mehnat unumdorligi
– ma‘lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan 
aniqlanadi. 
Mehnat intensivligi
– mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi. 
Hozirgi zamon puli
– tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini 
bajaruvchi, umum ko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan 
qonuniylashtirilgan vosita. 
 
Muhokama uchun savollar 
1.
Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Tovar ishlab chiqarish 
va bozorning vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini tushuntiring. 
2.
Nima uchun tovarga naflilik va qiymatning birligi sifatida qaraladi? 
Tovardagi bu xususiyatlar nimadan kelib chiqadi? 
3.
Keyingi (oxirgi) qo‘shilgan miqdor (tovar va xizmat) nafliligi nima va 
uning pasayish sababini tushuntiring. 


81 
4.
Tovarlarning qiymatini aniqlashga bo‘lgan quyidagi fikrlarga o‘zingizni 
munosabatingizni bildiring: 
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi; 
b) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi; 
v) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari 
bilan aniqlanadi; 
5.
Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart–sharoitlarini 
tushuntirib bering. 
6.
Oltin va qog‘oz pullar o‘rtasidagi umumiylik va farqlarini ko‘rsatib bering: 
qog‘oz va kredit pullarning qadr-qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi? 


82 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin