Bozor iqtisodiyot modellari 15 6.1-jadval T/r
№
Model
turlari
Asosiy tavsifiy belgilari
1
Amerika
Davlatning tartibga solish roli eng kam darajada bo‘lishi;
Tadbirkorlikning har tomonlama rag‘batlantirilishi;
Aholi daromadlarining sezilarli darajada tabaqalanishi
2
Yaponiya
Davlatning iqtisodiyotga ta‘siri yuqori darajada;
Ish haqi darajasidagi farqlar sezilarsiz
3
Shved
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ijtimoiy
yo‘naltirilganligi, kam ta‘minlangan aholi qatlamini qo‘llab-
quvvatlash;
Iqtisodiyotda davlat sektorining yuqori salmoqqa egaligi
4
Frantsuz
Davlatning tartibga solishdagi yuqori roli;
Davlat tadbirkorlik faoliyatini qo‘llashning ancha kengligi
5
Janubiy
Koreya
Moliya-kredit sohasida davlat monopoliyasi;
Eksportni rag‘batlantirish va importni cheklash
6
Xitoy
Markazlashgan rejali iqtisodiyot modelidan «sotsialistik rejali
tovar iqtisodiyoti» modeliga o‘tish;
Bozorlar (fond, tovar ishchi kuchi va boshqalar) tizimining
yaratilganligi
7
Rossiya
Markazdan
boshqarish
va
bozor
mexanizmining
uyg‘unlashganligi;
Aholi ijtimoiy himoyalanganligining etarlicha yuqoriligi
«AQSh modeli» liberal model sifatida tavsiflanadi. Amerikacha andozaning
o‘ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga,
ommaviylikka erishishni ta‘minlashga asoslanganligidadir. U jamiyat a‘zolaridan
15
Гордиенко Д.В. Основы экономической безопастности государства. Курс лекций: учеб. – метод.
пособие. – М: Финансы и статистика. ИНФРА – М., 2009. с 17.
84
har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni,
xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart-sharoit yaratishga qaratilgan.