95
bozorida qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu
bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga
olib kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va
qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz
to‘lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar
muomalada bo‘ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit
kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli maj-
buriyatlar hamda korporatsiyalarning aktsiya va obligatsiyalaridan iboratdir. Bu
bozorda broker va dillerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari,
auktsionlar va banklardan iborat bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarning harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi
va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi
qimmatli qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan
qimmatli qog‘ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar sotilsa,
ikkilamchi bozorda qayta sotiladi.
Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda
muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik sub‘ektlari o‘rtasida moliyaviy vositalarning
erkin harakat qilishini ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: