4. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari Bozor tushunchasi ko‘pincha tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy
sifatida talqin qilinadi. Sababi dastlab bozor tovar almashuv joyi sifatida vujudga
kelgan. Hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan
alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e‘lon qilingan. Lekin hali u davrlarda
tovar ayriboshlash T-T ko‘rinishida, ya‘ni bir tovarga boshqa tovarni ayriboshlash
shaklida bo‘lib, o‘z tovarini boshqa tovarga ayriboshlashda vaqt va makonda,
birdaniga bir vaqtning o‘zida o‘sha joyda sodir bo‘lgan. Lekin tovar ayriboshlash
rivojlanib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki
xil jarayonga bo‘lingan va T-P-T ko‘rinishida ro‘y bera boshlagan. Endi tovarni
sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatdan bir vaqtda bo‘lmasligi
mumkin. Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda sotib pul qilib, boshqa joyda
kerakli tovarni sotib olishi mumkin.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga kelgan.
Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste‘molchi bilan ishlab
chiqaruvchini bog‘laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan
iste‘molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay qoldi. Ular savdogarlar-
vositachilar orqali savdo bitimlari qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor
tushunchasining mazmuni o‘zgarib, yangi ma‘no kasb etadi, ya‘ni tovar-pul
muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan
iste‘molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini bog‘laydigan, ularning
iqtisodiy manfaatlarini ta‘minlaydigan tuzilma sifatida shakllandi.
Bozor – bu ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste’molchi (xaridor)ni bir-biriga bog’laydigan, ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladigan tartiblar,