3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki u iqtisodiy faollikni
rag‘batlantiradi. Bunda har bir subekt tinimsiz harakatda va iqtisodiy faol
bo‘lishini taqozo etadi. Raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni
ta‘minlash uchun kurash iqtisodiyot sub‘ektlarini harakatga soladi, ularni
boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotining kamchiligi shundaki, u o‘zining bosh nazorat
mexanizmi – raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni
rag‘batlantiradi
Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z
iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod
bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning
xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning
kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta‘sirining pasayib borishiga olib
keladi.
Bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning
zaiflashishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‘llash
asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish, ko‘pincha ko‘p
miqdordagi mayda firmalar emas, balki uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab
chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Bozor
iqtisodiyotining
navbatdagi
kamchiligi
jamiyat
a‘zolari
daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan
bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin, daromadlar
tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma‘lum darajada yumshatishi
mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e‘tirof etilgan kamchiliklaridan biri shundan
iboratki, u ijtimoiy iste‘mol qilinadigan ne‘matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib,
bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a‘zolarini bunday ne‘matlar
va xizmatlar bilan ta‘minlash davlat zimmasida bo‘ladi.
89
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining kamchiligi
hisoblanadi va bu – pulning qadrsizlanishi – inflyatsiya bilan birga boradi.