105
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi
ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yildi:
– totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
– Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
16
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim
yo‘nalishlari aniqlab olindi.
Birinchidan,
o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish,
islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy
fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va iqtisodiyotning boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish,
moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta‘minlash.
Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishning birinchi
bosqichida bir nechta yo‘nalishlarda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lgan, 100
ga yaqin asosiy qonun-hujjatlar qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: