102
III.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li.
Bu yo‘llarning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga
o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal
qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning
o‘ziga xos
xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi.
Masalan,
bozor
munosabatlariga
o‘tishning g‘arbcha (rivojlangan
mamlakatlar) yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik
yoki sof bozor iqtisodiyotiga va undan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga
o‘tiladi.
Bunda bozor iqtisodiyotiga evolyutsion o‘zgarishlar orqali qaror topadi. XX
asrning 30-yillariga kelib, ayniqsa 50-yillardan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu
yo‘lni iqtisodchilar klassik yo‘l deb ataydilar. U bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan
mamlakatlar uchun andoza bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Chunki, bu yo‘lda bozor
iqtisodiyotining qonun-qoidalari, hayotiyligi sinab ko‘rilgan. Klassik modelning
o‘zi ham 3 ga bo‘linadi:
1.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti modeli ko‘proq
aholi manfaatini
himoya qilish, uzoq muddatli maqsadli dasturlarni ishlab chiqish, aholining
haddan ziyod tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulki ulushining boshqa
modellarga qaraganda ko‘pligi (25–30%) bilan ajralib turadi. Bu model
Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos.
2.
Erkin bozor iqtisodiyoti (aralash) modelida
esa davlat tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada
taktik usullardan foydalanish, iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10%
atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, ish haqidagi
farqning kattaligi bilan
ajralib turadi. Bu modelni qo‘llagan mamlakat sifatida AQSh ni ko‘rsatish
mumkin.
3.
Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya
qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berish,
davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish haqidagi farq haddan tashqari katta emasligi
103
bilan farqlanadi. Bu model Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda
qo‘llanilgan.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati –
bu qoloq, an‘anaviy
iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos
belgilar turli xo‘jaliklar, azaliy natural xo‘jalik uning rivojlanish darajasi, bozor
munosabatlariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay,
transformatsiya orqali
yuz beradi.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan,
ma‘muriy – buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan hozirgi zamon
rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular
batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‘lda bozor munosabatlariga
o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari,
iqtisodiy rivojlanish darajasi,
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning
hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning mazkur yo‘lining o‘ziga xos
xususiyatlarini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: