Tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti –
xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy
jarayonlar bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan
iqtisodiyotdir.
Bozor mexanizmi –
bozor iqtisodiyotining amal qilinishini tartibga solishda
va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishda qo‘llaniladigan dastak va vositalar.
Uy xo’jaliklari –
iqtisodiyotning iste‘molchilik sohasida faoliyat qiluvchi
asosiy tarkibiy birlik.
Tadbirkorlik (korxona) sektori
–faoliyati foyda olishga qaratilgan
iqtisodiyotning birlamchi ishlab chiqarish bo‘g‘ini.
Davlat –
iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga
xizmat qiluvchi muassasalar.
Bozor
– ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar (sotuvchilar va xaridorlar)
o‘rtasida pul orqali ayriboshlash jarayonida ro‘y beradigan munosabatlar
yig‘indisidir.
Bozor ob’ekti
– bozorga, ayriboshlash munosabatlariga jalb qilingan
iktisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor
sub’ekti
–
bozorning,
ayriboshlash
munosabatlarining
qatnashchilaridir.
100
Bozor infratuzilmasi
– ayriboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi
muassasaviy tuzilmalardir.
Muhokama uchun savollar
1.
Bozor iqtisodiyoti mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?
2.
Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va
farqlarini tushuntirib bering.
3.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?
4.
Bozor mexanizmi va uning tarkibini izohlang.
5.
Bozor iqtisodiyotining asosiy muommolari qanday hal qilinadi?
6.
Bozor tushunchasining ta‘rifini bering va uning asosiy vazifalarini
ko‘rsating.
7.
Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab
ko‘rsating.
8.
Yetuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?
9.
Bozor infratuzilmasi nima?
|