116
keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eks-
portga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga
tegishlidir.
Ikkinchidan –
joriy kon‘yuktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi
sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda
raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga
oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
Uchinchidan –
qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish
xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan
korxonalarning raqobatdoshligini oshirish.
To’rtinchidan –
elektrenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya
iste‘molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish
choralarini amalga oshirish.
Beshinchidan –
jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki
bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-
quvvatlash. Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini
kengaytirish katta o‘rin tutadi.
Respublikamizda yaqin istiqbol yillarida ham ―izchil yuqori o‘sish
sur‘atlarini,
makroiqtisodiy
barqarorlikni
saqlash
va
iqtisodiyotimiz
raqobatbardoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi
darkor‖
21
Bu davrda iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya
qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko‘lamini
kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: