85
yurituvchi sub‘ekt bo‘lib, davlat pudrat tizimi barpo qilindi. Dehqonlar ishlab
chiqargan mahsulotlarning bir qismini davlatga shartnoma asosida va soliq
hisobida topshiradilar, boshqa bir qismini mahalliy fondga topshirib, qolgani o‘z
ixtiyoriga ko‘ra erkin narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin.
Shunday qilib, har bir mamlakatning bozor munosabatlarini shakllantirishdagi
boshqa mamlakatlar bilan o‘xshashlik tomonlariga qarab, ularni bozor
iqtisodiyotining u yoki bu modeliga kiritish mumkin. Shu bilan birga har bir
mamlakat o‘ziga xos xususiyatlar bilan boshqalardan farq qilar ekan, bozor
iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z yo‘liga va o‘z modeliga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: