Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.
 
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. 
Mulkchilik shakllari 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosini 
tashkil qilib, insoniyat iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik 
munosabatlari iqtisodiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va jamiyat boyliklarini 
o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 
Mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf qilish hamda ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
Mulkka e
galik qilish
mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib 
turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy 
shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida 
saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida bo‘ladi. Bunga 
ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. 
Mulkdan foydalanish
– 


56 
bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda 
qo‘llanilishidir. Mol-mulkdan foydalanish yuz berganda u daromad olish uchun 
yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. 
Mulkni tasarruf 
etish
– bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, 
meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y beradi. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini 
o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning bu ikki jihati o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo 
qiladi. Shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya 
hisoblanadi. Bunda, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. 
Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda 
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» 
kategoriya sifatida qoladi. 
Mulkchilik munosabatlari, uning ob‘ektlari va sub‘ektlari bo‘lishini shart qilib 
qo‘yadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin