Differentsial renta – II ning hosil bo’lishi (shartli misol) 16.2-jadval Er uchastkasi
(V past unumli)
Umumiy
qiymat (ming
so‘m)
Yalpi ho-
sil. (tonna)
Maxsulot
birligi bahosi
(tonna)
Bozor
narxi
(tonna)
Yalpi sotilgan
mahsu-
lot
(ming so‘m)
Diffe-rentsial
renta-II
1-yil
10000
20
500
500
10000
X
2-yil
12000
40
300
500
20000
8000
Absolyut renta. Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy
mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi.
Bu monopoliya ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining unumdorligidan
qat‘iy nazar, yer egalariga absolyut rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer
rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, xususiy mulk sababli
kapitallarning qishloq xo‘jaligiga kirib kelishi cheklanadi: natijada qishloq
xo‘jaligida vujudga keltirilgan sof daromad (foyda) tarmoqlar o‘rtasida
taqsimlanmasdan o‘zida qoladi. Pirovardida bu qo‘shimcha daromad
absolyut yer rentasiga aylanadi. Renta nazariyasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi –
monopol renta ham mavjud bo‘ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit,
ba‘zan noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, tsitrus
ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat
yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori
bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada
247
monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori
bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki