245
Differentsial renta – I ning hosil bo’lishi
(shartli misol)
16.1-jadval
Er uchast-
kalari
Ishlab
chiqarish
xarajat-
lari (ming
so‘m)
O‘r-
tacha
foyda
(ming
so‘m)
Umumiy
qiymat
(ming
so‘m)
Yalpi
hosil
(tonna)
Alohida ishlab
chiqaruv-
chilar mahsu-
loti qiymati
(so‘m)
Bozor
narxi
(so‘m)
Yalpi sotil-
gan tushum
Diffe-
rentsial
renta- I.
(ming
so‘m)
A
yuqori
unumli
8000
2000
10000
30
333
500
15000
5000
B
o‘rtacha
unumli
8000
2000
10000
25
400
500
12500
2500
V
past
unumli
8000
2000
10000
20
500
500
10000
x
Differentsial renta I xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy
sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil
qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lishi sababli uning manfaatlari yo‘-
lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida)
to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklarning
iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-
ko‘pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi.
Markazlashtirilgan
davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘larni, mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga
oshirish, xususan yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan
bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.
Differentsial renta – I yer uchastkalarining shaharlarga, bozorlarga, yo‘llarga
va suv manbalariga joylashgan joydagi farqlar natijasida ham vujudga keladi.
Differentsial renta – I qishloq xo‘jaligini
ekstensiv, Differentsial renta – II
esa intensiv rivojlantirish natijasida hosil bo‘ladi.
Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya‘ni
uning iqtisodiy
unumdorligini oshirish orqali sifati past bo‘lgan yerlarda ham hosil bo‘lishi
mumkin. Bunday yerlarning iqtisodiy unumdorligi xo‘jalik yurituvchilar
246
tomonidan oshirilishi sababli bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklarning
o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga
jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma‘lum darajada bu rentani hosil qilishda o‘z
hissasini qo‘shadi, ya‘ni transport yo‘llari
qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya
ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag‘lar sarflaydi.
Shunday qilib,
differentsial renta I va Differentsial renta II er egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik
yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: