Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning oldingi texnikaviy asosi
saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli
erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab
chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyos-
larini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish:
yanada unimliroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi
kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan
yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb
etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot
miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Real hayotda iqtisodiy o‘sishga ekstensiv va intensiv omillar sof holda
emas, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda ta‘sir ko‘rsatadi.
Shu sababli ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari ajratiladi.
Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi sababli uni
baholash uchun qandaydir bitta ko‘rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan
ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida jismoniy va qiymat
ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi.
Iqtisodiy o’sishning jismoniy ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi,
(chunki ular inflyatsiya ta‘siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o‘sish
sur‘atlarini hisoblashda har xil ne‘matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‘rsatkichga
61
Ўша жойда 13-бет
312
keltirish qiyin). Qiymat ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi, ammo har doim ham uni
inflyatsiyadan to‘liq «tozalash» mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy
o‘sish sur‘atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.