325
Iqtisodiyotning har bir sektori uchun barcha aktivlar qiymati va barcha
majburiyatlar o‘rtasidagi farq –kapitalning sof qiymatini hosil qiladi.
Bu miqdor
butun iqtisodiyot uchun milliy boylik sifatida chiqadi. Boshqacha aytganda u
iqtisodiyot barcha sektorlari sof kapitallari summasiga teng keladi. Iqtisodiyot
rezidentlarining o‘zaro moliyaviy talablari ulardan
biri uchun moliyaviy aktivlar,
boshqasi uchun majburiyatlar hisoblanishi sababli, ular bir-birini qoplaydi,
milliy
boylik esa nomoliyaviy aktivlar va kapital sof qiymati umumiy summasi sifatida
aniqlanadi.
Yil boshi va oxirida aktivlar va passivlar balansi hamda jamg‘armalar hisobi
o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanadi.
Aktivlar hisobida zahiralar va oqimlar o’zaro bog’liqligi
Zahiralar va oqimlar ko’rsatkichi
MHTdagi hisoblar
1.
Davr boshida aktivlar qiymati
Aktiv va passivlarning dastlabki
balansi
2.
Sotib olingan
aktivlarning sof qiymati
(kirim-chiqim)
Kapital bilan operatsiyalar hisobi
(nomoliyaviy aktivlar) moliyaviy
hisob (moliyaviy aktivlar)
3.
Aktivlar hajmida boshqa o‘zgarishlar
qiymati
Aktivlar
hajmida
boshqa
o‘z-
garishlar hisobi
4.
Narx o‘zgarishi
natijasida aktivlar
qiymatining o‘zgarishi
Qayta baholashlar hisobi
5.
Davr
oxirida
aktivlar
qiymati
(1+2+3+4)=5
Aktivlar
va
passivlarning
davr
oxiridagi balansi
Majburiyatlarga nisbatan ham xuddi shunday tartib amal qiladi. Shunday
qilib, MHT aktivlar va majburiyatlar qiymatidagi o‘zgarishlarni qayd qilishni
ko‘zda tutadi ayni vaqtda bu o‘zgarishlar iqtisodiyot
sektorlaridagi kapital
qiymatida va butun milliy boylikda qanday tarkibiy qismlar hamda qaysi omillar
hisobiga ro‘y berganligini tahlil qilish imkonini beradi.
326
MHTda barcha aktivlar va majburiyatlarni baholashda joriy bozor
narxlaridan foydalaniladi. Asosiy kapital qiymatini
MHTda aks ettirishda qayta
tiklash qiymatini aniqlash usuli ham qo‘llaniladi. Yana bir usul aktivlardan
foydalanishdan
kutilayotgan
bo‘lg‘usi daromadlar tushumining haqiqiy
(diskontlashgan) qiymatini aniqlash hisoblanadi.
Chet el valyutalarida qayd qilingan aktivlar
va majburiyatlar bozor
ayriboshlash kursi bo‘yicha milliy pul birligida baholanishi zarur.
MHTda nomoliyaviy aktivlar ikki turga ajratiladi: ishlab chiqarilgan va
ishlab chiqarilmagan aktivlar. Ishlab chiqarilgan aktivlarga asosiy kapital, moddiy
aylanma vositalar va qimmatliklar kiritiladi
63
Ishlab chiqarilmaydigan aktivlar uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi:
tabiiy resurslar; ijara
va litsenziya shartnomalari; xarid qilingan gudvill
64
va
marketing aktivlari
65
MHTda moliyaviy aktivlar va majburiyatlar sifatida quyidagilar hisobga
olinadi:
monetar oltin va qarz olishning maxsus huquqi;
naqd valyutalar va o‘tkazilgan depozitlar;
qarzli qiymatli qog‘ozlar va ssudalar;
aktsionerlik kapitali va investitsion fondlar aktsiyalari;
sug‘urta, pensiya ta‘minoti va standartlashtirilgan kafolatlar dasturlari;
boshqa debitorlik va kreditorlik qarzdorlik (tovarlarni yetkazib berish
bilan bog‘liq tijorat kreditlari, soliqlar, dividend, ish haqi to‘lash,
qimmatliqog‘ozlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq qarzdorlik)
Dostları ilə paylaş: