Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
4.
 
Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar 
tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy 
va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 
Milliy boylikning bir qismi inson mehnatining natijasi hisoblansa, boshqa qismi 
tabiat boyliklaridan iborat bo‘ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma‘noda o‘z 
62
Концепция инновационного развития Республики Узбекистан за 2012-2020 г. Т.: 2011. Стр 12 


321 
ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne‘matlar, yaratilgan san‘at asarlari, intellektual 
salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab 
chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha 
tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o‘lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob‘ektiv 
sabablarga ko‘ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in‘omlaridan iborat qismi ishlab 
chiqarishning natijasi hisoblanmaydi va qiymat o‘lchovlariga ega emas. Shu sababli 
iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma‘nodagi tushunchasidan 
foydalaniladi. Tor ma‘noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror 
ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan barcha moddiy intelektual boyliklardan iborat 
bo‘ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida 
doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida 
chiqadi va buyumlashgan shaklda namoyon bo‘ladi. U kishilarning ko‘plab avlodi 
mehnati natijasi hisoblanadi. 
Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta 
yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 
1. Moddiy buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning, natijasi 
hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning joriy iste‘mol 
qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. 
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi 
mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Chunki bu 
boylikning bir qismi har yili iste‘mol qilinib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab 
chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish 
vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi 
moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi 
va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga 
amalga oshiriladi. 


322 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat 
shakliga ega bo‘lib, qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy kapital.
Bular butun milliy boylikning 
tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo‘ladi, hamda o‘zining texnikaviy darajasi 
bo‘yicha yalpi milliy mahsulotning o‘sish imkoniyatini belgilab beradi: 
- noishlab chiqarish tavsifidagi asosiy kapital.
Asosiy kapitalning bu turiga 
mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy tavsifdagi ob‘ektlar kiradi. 
- aylanma kapital.
Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat 
bo‘lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi. 
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi.
Ular 
ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta‘siri ostida bo‘lib, potentsial 
pirovard mahsulot hisoblanadi. 
- moddiy zahiralar va ehtiyotlar.
Bunga tayyor mahsulot, korxonalar va savdo 
tarmoqlaridagi moddiy zahiralar, davlat ehtiyotlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy 
zahiralar iqtisodiyotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan va oldindan bilib bo‘lmaydigan fav-
qulotda holatlardan kafolatlanish maqsadida ushlab turiladi. 
Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug‘urta va mudofaa ehtiyojlari uchun 
zarur zahiralar kiradi. 
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk. 
Bunga uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu 
kabilarning qiymati kiradi. 
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning 
salmog‘i o‘zgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida moddiy, 
buyumlashgan boylik tarkibida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Sanoat tarmoq-
larining asosiy kapitali tez ko‘payadi va yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining 
asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o‘quv, sog‘liqni saqlash muassasalarining ulushi 
tobora ko‘proq hissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish 
suratlari o‘sib boradi. 
Moddiy buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida 
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 


323 

mehnat unumdorligining o‘sishi; 

ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 

milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi. 
Moddiy buyumlashgan boylik nafaqat ishlab chiqarishning natijasi balki 
uning shart-sharoiti hamdir. Buning ma‘nosi shuki, bir tomondan boylikning 
iste‘mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi ro‘y beradi. Boshqa 
tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy 
texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur‘ati va miqyosi 
milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Moddiy buyumlashgan boylik takror ishlab chiqarish uning har qanday
shaklida yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart-
sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi.
Tabiat in‘omlari o‘zining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu 
holatda inson faoliyatining natijasi hisoblangan milliy boylik tarkibiga kirmaydi. 
Buning ma‘nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik 
hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta‘siri oqibatida aylanadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin