Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Hududiy mutanosibliklar.
Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim 
hududlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar 
o‘rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to‘liq namoyon 
bo‘lmaydi. Lekin alohida hududiy bo‘linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa 
hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‘liqligi, 
ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai nazaridan 
qaralsa, bu bog‘liqlikning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi. 
5. 
Davlatlararo mutanosibliklar.
Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo 
qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti 
orqali bir-biri bilan bog‘langan, ikkinchidan, shu bog‘liqlik orqali milliy ishlab 
chiqarish natijalari bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy 
ishlab chiqaruvchilar o‘z iste‘molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar 
hisobiga qondiradi. Bu bog‘liqlik qanchalik katta bo‘lsa, sof eksport hajmi orqali 
makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. 
Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning 
muvozanatli rivojini ta‘minlab borishdan quyidagilar ko‘zda tutiladi: 

Mamlakatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan 
holda jamiyatning ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish. 

To‘liq bandlilikka erishish, ya‘ni mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan va 
ishlashni xohlaganlarni to‘liq va samarali ish bilan ta‘minlash. 

Narxning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta‘siridan xoli 
qilish. 

Iqtisodiyotning bir maromda o‘sib borishini yetarli darajada investitsiya 
bilan ta‘minlash va muomaladagi pul massasiga bog‘lab borish. 

Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida ijobiy tashqi savdo 
balansiga erishish. 


335 
Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo‘lib, bunga erishish muqarrar 
ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u 
buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy rivojlanish tsiklik ro‘y beradi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin