3. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari
o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari
o‘rtasida miqdor va sifat ko‘rsatkichlarda ifodalangan ma‘lum nisbatlarning
bo‘lishidir.
Makroiqtisodiy jarayon g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishi sababli
mutanosiblik turlari ham xilma-xildir. Ularning barchasini umumlashtirib
mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.
1
.Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga YaIM va milliy
daromad tarkibiy qismlar; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar miqdori bilan pul
massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutano-
sibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
2.
Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotda muvozanatlikni
ta‘minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat iqtisodiyoti
juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, ularning rivojlanishi bir-biri bilan bog‘liq.
Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste‘mol qilinadi yoki pirovard
mahsulotga aylantiriladi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘pgina qismi
(paxta, g‘alla, pilla, sut va shu kabilar) sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib,
pirovard mahsulotga aylantiriladi. O‘z navbatida sanoatda yaratilgan ishlab chiqarish
vositalari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qishloq xo‘jaligi, qurilish va shu kabilarda
unumli iste‘mol qilinadi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi
va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi.
3
.Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik ular
ichidagi tarkibiy qismlar mutanosibligi orqali ta‘minlanadi.
Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va
ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab
chiqarish vositalari va iste‘mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, o‘rtasidagi
mutanosibliklar. Shu bilan birga ta‘kidlab o‘tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy
334
tuzilmalar o‘rtasida ham bog‘liqlik bo‘lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish
va qayta ishlash tarmoqlari, o‘rtasidagi mutanosiblik.
4.