2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi Ehtiyojlarning doimo yuksalib borishi resurslarning cheklanganligi sababli
ularni to‘la qondirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda tovar (xizmat)larni ishlab
chiqarishning
imkonini
bermaydi.
Shu
sababli
cheklanganlik
tanlovda
muqobillikni taqozo etadi.
Oila byudjetini cheklanganligi hayot kechirish uchun zarur buyumlarni qaysi
birini xarid qilishni, vaqtimizni cheklanganligi qaysi ishni bajarishimizni,
resurslarni cheklanganligi ularni qaysi tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish, davlat
byudjetining cheklanganligi ularni qanday maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni
zarur qilib qo‘yadi.
Tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni muqobil qiymatlarni taqqoslash asosida
chiqaramiz.
Tanlovning muqobil qiymati deb, uning natijasida voz kechilgan imkoniyatlar
ichidan bu maqsad uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi qiymatga
aytiladi.
4
Muqobil qiymat
doimiy, o’sib boruvchi va pasayib boruvchi bo‘lishi
mumkin. Muqobil qiymatni ilmiy abstraktsiya usulini qo‘llab, ikki tur mahsulot
ishlab chiqarish misolida tahlil qilamiz. Iqtisodiyoda ikki xil mahsulot - guruch va
avtomobil ishlab chiqariladi deb, faraz qilamiz. Barcha resurslar 100 birlikdan
iborat. 1 tonna guruch etishtirish uchun 2 birlik, bir dona avtomobil ishlab
chiqarish uchun 4 birlik resurs zarur. Agarda guruchni X, avtomobilni Y bilan
4
CampbellR.McConnell, StanleyL.Br ue. Economics: Tamoyillar,muammolarvasiyosat. O‘nettinchiNashr. 11
b.
38
belgilasak, mavjud resurslardan foydalanib ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan
tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi.
2X+4Y=100
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi